So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag'ishlab tadbir o'tkazildi.

SamISI  akademik litseyida  2020-yil 7-fevral kuni hazrat Alisher Navoiyning 579 yillik yubeliyi  munosabati bilan o`tkazilgan  “Navoiy-so’z mulkining sultoni ” deb nomlangan ma'daniy - ma'rifiy tadbir o'tkazildi. 

Ma`lumki, xalqimiz azal-azaldan o`z urf-odatlariga, tiliga, diniga,  tarixiga, ayniqsa, ajdodlar merosiga hurmat bilan boquvchi xalqdir. Shu tufayli bo`lsa kerak, O`zbekistonimizda har kuni yurt kelajagi bo`lgan barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo`lib o`tmoqda.  Jumladan, hazrat Alisher Navoiyga bag`ishlangan tadbirlar va har yili bayram sifatida nishonlanmoqda.

2020-yil 7-fevralda  akademik litseyida “Navoiy - so’z mulkining sultoni” deb nomlangan badiiy-sahnalashtirilgan kecha bo`lib o`tdi. Bayram tadbirini akademik litseyning ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari dotsent S.N.Nazarov ochib berdi.

Shundan so`ng akademik litseyga tashrif buyurgan mehmon(Samarqand davlat universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti o`qituvchilaridan f.f.n dotsent Xoliqulova va boshlovchilar  Abdumalikova S,Nizomiddinov N.larning tabrik so’zi. Tadbir davomida akademik litseyning o`quvchilari ijrosidagi badiiiy sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi. Kecha dasturidan “Marhamatli Ayyub va o’g’ri”, “Hayrat ul-abror…”,“Farhod va Shirin”, “Xamsa qahramonlari” kabi sahna asarlari o`rin oldi. Bayram tadbirida akademik litseyning 110,113,111,209,205,210-guruh o`quvchilari ayniqsa faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir litseydagi o`quvchilar qalbida ajdodlar xotirasiga hurmat, ular qoldirgan merosini asrab-avaylash hissini yanada kuchayishiga sabab bo`ldi, desak xato qilmagan bo`lamiz.

Bayram kechasi so`ngida litsey tillar kafedrasi mudirasi so`zga chiqdi va tadbirning juda katta ma`naviy-ma`rifiy ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab, kecha tashkilotchilari bo`lgan litseyning ona tili va adabiyot o`qituvchilariga   tashakkur bildirdi.                       

Tadbir tashkilotchilari: Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari  N.Saydaliyeva,Z.Ochilova,X.Xoliqulova ,A.Umarova ,M.Hoshimova va barcha ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari

Rate this item
(0 votes)

Email This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

About us

The foundation of the academic lyceum initially was constructed as a boarding-school in 1995 and it had been changed into the academic lyceum after 10 years of existence. More...

News

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag'ishlab tadbir o'tkazildi.

Zahiriddin Muham…

February 14, 2020

Contacts

Address: Amir Temur st. 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.