Administrator

Administrator

Ochiq darslar o'quv jarayonining ajralmas bo'lagi

Published in News

Joriy yilning aprel oyi litseyimizda Aniq fanlar oyligi deb e'lon qilindi. Ushbu oylik doirasi kafedra o'qituvchilari tomonidan turli tadbir, ko'rik tanlovlar va ochiq darslar o'tkazish rejasi tuzildi. Shunday tadbirlardan biri sifatida esa 25-aprel sanasida o'qituvchi Adilov Bobir tomonidan 304- guruhda "Ayrim geometrik masalalarni kordinatalar usuli orqali yechish" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Dars jarayoni noan'anaviy tarzda tashkil qilinib, unda o'qituvchi dastlab mavzuni yoritishga lozim bo'lgan tushunchalarni mustahkamlash uchun o'quvchilarga aqliy hujum qilinib asosiy qismga o'tildi. Proektor orqali masalalar namoyish qilinib ularni yechimi tahlil qilib berildi. So'ngra mustaqil ishlash uchun topshiriqlar berildi.

Ushbu nom ostida joriy yilning 9-aprel kuni buyuk bobokalonimiz, yetuk sarkarda Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag'ishlab akademik litsey faolllar zalida o'qituvchi Rasulov Baxtiyor boshchiligida 208- va 115- harbiy guruhlar ishtirokida bayram tadbiri o'tkazildi. 

Tadbirda SamISI professor o'qituvchilari va akademik litsey Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari S.Nazarovlar so'zga chiqib Amir Temur bobomizning amalga oshirgan ishlari, ulkan yurushlari, xalqimiz hayotida tutgan o'rnining ahamiyati haqida zalga yig'ilgan o'quvchilar uchun ma'lumotlar berdi. O'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari, qo'shiqlar hamda 115- harbiy guruh o'quvchilarining Amir Temur bobomizga bag'ishlab tayyorlagan tadbirlari yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. 

Direktor bilan uchrashuv

Published in News

Joriy yilning 22-23 fevral kunlarida litseyning faollar zali  3-kurs o'quvchilari va  akademik litsey direktori Malyubov.A.A o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda direktor tomonidan  kurs o'quvchilari gardanidagi mas'uliyatning qanchalik ulkanligi, ularni namoyish qiladigan ko'rsatkichlari nafaqat o'zlarining kelajagi balki, litsey mavqei uchun ham qanchalik ahamiyatliligi, ularni mukammal bilim olishlari uchun litsey tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, direktor sifatida qo'lidan keladiga barcha sharoitlarni  yaratib berishga harakat qilish, ulardan esa  faqat astoidil mehnat qilib litsey jamoasi va ota-onasini yuzini yorug' qilish vazifasi turganligi ta'kidlab o'tildi. Muloqot davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga, o'ylantirayotgan muammolarga javob oldilar. 

About us

The foundation of the academic lyceum initially was constructed as a boarding-school in 1995 and it had been changed into the academic lyceum after 10 years of existence. More...

News

Ochiq darslar o'quv jarayonining ajralmas bo'lagi

Ochiq darslar o'…

April 26, 2019

Buyuk Sohibquron Amir Temur shon-shavkatimiz, baxtimiz, gururimiz!

Buyuk Sohibquron…

April 9, 2019

Contacts

Address: Amir Temur st. 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.