Administrator

Administrator

Ustoz bilan davra suxbati

Published in News
Joriy yilning 17-iyulida Vazirlar mahkamasining qarori bilan "Biz mustahkam oila" nomli Respublika ko'rik tanlovi tashkil qilindi. Ushbu ko'rik tanlovning Samarqand viloyat bosqichi g’olibi Samarqand Davlat Universiteti kimyo fakulteti professori, yoshlar murabbiyi Abdulla Nasimov va turmush o’rtog’i bilan davra suxbati bo’lib o’tdi. Bu davra suxbatida ustoz o’z hayotiy tajribasidan yoshlarga kerakli yo’l-yuruqlar, maslahatlar , ularning kelajakda yetuk inson bo’lib yetishishi uchun ulardan talab qilinadigan mashaqqatlar haqida o’z tajribasini o’rtoqlashdi.Ularni yetuk mutaxxasis bo’lib yetishishida tarixiy allomalarimizning qilgan ishlarining amaliy ahamiyatini yoshlar qalbiga asosli faktlar bilan yetkazib berdilar. Bu uchrashuv litsey o’quvchilarida katta taasurot qoldirib, ustozga o’z minntdorligini bildirdilar.

Joriy yilning 27-sentabr sanasida akademik litseyning faollar zalida "O'zbekiston-millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik yurti" nomli ma'naviy tadbir o'tkazildi. Tadbirga turli diniy tashkilotlardan vakillar kelib o'quvchilarga mavzu yuzasidan kerakli  ma'lumot va tushunchalar berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Martabali mehmonlar orasida viloyat diniy qo'mita vakili, yozuvchilar uyushmasi a'zosi va akademik litsey direktorlari qatnashdilar. Tabdirni yoritish uchun viloyat markaziy televidiniyasidan jurnalistlar taklif qilindi va yoritildi. 

So’nggi qo’ng’roq

Published in News

Ko’z ochib yumguncha akademik litseyida 2018-2019 – o’quv yili ham o’z nihoyasiga yetdi. O’tgan yilning sentabr oyida birinchi kurs o’quvchilari ko’zlarida hayrat, yuraklarda hayajon bilan yangi muhit, yangi maskandagi faoliyatlarini boshladilar.Bugun esa allaqachon mashaqqatli o’quv davrining birinchi davri ya’ni birinchi kursni yakunlamoqdalar.

Shu yilning 25-may sanasida akademik litsey sport zalida so’ngi qo’ng’roq munosabati bilan 1-kurs bitiruvchilarini o’quv yili davomida  faollik va jonbozlik ko’rsatgan o’quvchilari va o’qituvchilarni munosib taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda Akdemik litsey direktori A.A.Matlyubov, SamISI Ichki nazorat inspeksiyasi rahbari Hikmatilla Norqorayev va litsey ma’muriyati vakillari so’zga chiqib barcha o'quvchilarni birinchi kursni muvaffaqiyatli tugatgani bilan muborakbod etib, ularga keying o’quv yiliga yaxshi kayfiyatda kelishlariga tilak bildirib qoldilar va shu bilan birga ko’zlangan marraga erishish uchun oldinda hali qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’pligi, buning uchun tinmay mehnat qilish lozimligi eslatib o’tildi.

Tadbirda turli olimpiada, musobaqa va tanlovlar g’olibi bo’lgan o’quvchilar va ularning ustozlariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi.

About us

The foundation of the academic lyceum initially was constructed as a boarding-school in 1995 and it had been changed into the academic lyceum after 10 years of existence. More...

News

14-yanvar Vatan himoyachilari va Qurolli kuchlarimiz tashkil qilingan sana

14-yanvar Vatan …

January 14, 2020

Yotoqxona o'quvchilari bilan uchrashuv

Yotoqxona o'quvc…

January 8, 2020

Contacts

Address: Amir Temur st. 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.