Akademik litsey

UzbekRussianEnglish (UK)

«Til-millat ko`zgusi»

«Til-millat ko`zgusi»

1989-yilning 21-oktabrida o`zbek millati tarixida yana bir ulkan ahamiyatga molik voqea yuz berdi: o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Juda boy va qadimiy tarixga ega bo`lgan o`zbek millati tilining shakllanishida o`zining buyuk xizmatlari bilan o`z hissalarini qo`shib kelgan buyuk bobokalonlarimiz Navoiy, Bobur, Mashrab, Behbudiy, Fitrat, Cho`lpon, Usmon Nosirning asarlari haqqoniy ravishda o`rganila boshlandi. Shuningdek, ushbu kun har yili bayram sifatida keng nishonlanib kelmoqda

Jumladan, mazkur yilning 20-oktabrida SamISI qoshidagi 1-son akademik litseyda “Til-millat ko`zgusi” deb nomlangan badiiy-sahnalashtirilgan kecha bo`lib o`tdi bayram tadbirini akademik litseyning ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari dotsent S.N.Nazarov ochib berdi. Tadbirda SamDU filologiya fakulteti o`qituvchisi, f.f.n G.Xoliqulovaning o`zbek tili tarixiga bag`ishlangan ma`ruzasi barchaga manzur bo`ldi.Olimaning nutqidan so`ng litsey ijodkor va adabiyotga qiziquvchi o`quvchilari tomonidan unga ko`plab savollar berildi.       So`ngra litsey o`quvchilarining bayramona chiqishlariga navbat berildi. Kecha dasturidan  “Ona tilim shoirlar nazmida”, “Donolar bisotidan”, “So`z ko`rki - maqol”, “Shoir-u she’r-u shuur”, “O`zga yurtda shoh bo`lguncha, o`z yurtingda gado bo`l” kabi ruknlar o`rin oldi. Bayram tadbirida akademik litseyning 103-,108-203-, 306-guruh o`quvchilari ayniqsa faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir litseydagi iste`dodli o`quvchilarning tanlab olinishi uchun ayni muddao bo`ldi, desak xato qilmagan bo`lamiz.

Bayram kechasi so`ngida litsey tillar kafedrasi mudirasi N.Saydaliyeva so`zga chiqdi va tadbirning juda katta ma`naviy-ma`rifiy ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab, kecha tashkilotchilari bo`lgan ona tili va adabiyot o`qituvchisi F.Bo`riyeva hamda unga yaqindan yordam bergan tillar kafedrasi o`qituvchilariga  tashakkur bildirdi.

Оцените материал
(1 Голосовать)

Эл. почта Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Общие сведения

Фундаментом академического лицея №1 при Самаркандском институте экономики и сервиса был лицей-интернат, созданный  в 1995 году, по прошествии 10 лет он был реформирован в академический лицей. Подробнее...

Новости

В академическом …

Декабрь 14, 2017

Iste’dodli yoshlarimiz litseyimiz faxri!

Iste’dodli yoshl…

Декабрь 4, 2017

Контакты

Улица: Амира Темура, д 70

Тел.: 233-19-70, 233-20-20

Факс: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright © Samisi.Uz. All rights reserved.