Joriy yilning 10-15 yanvar sanasi Qozog'istonning Olmaota shahrida an'anaviy xalqaro 15- Jautikov fan olimpiadasi o'tkazildi. Unda 18 ta davlatdan 52 jamoa matematika, fizika va informatika fanlaridan bilimlarini sinashdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqa litseyimiz o'quvchilari ham o'z jamoasi bilan matematika fani bo'yicha ishtirok etdi. Murabbiy Baratov Adiz boshliq o'quvchilar: Usmonov Farzod(305-guruh), Erkinov Akbar (304-guruh) va Qudratov Sultonxonlar(205-guruh) tashkil topgan litseyimiz jamoasi yakunda 2 bronzani qo'lga kiritib, oldingi yillardagi iqtidorli o'quvchilarimiz boshlagan zafarli odimlarni davom ettirdilar. Biz litseyimiz jamoasi nomidan ushbu zafar bilan ularni chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Прочитано 245
раз
Опубликовано в
Новости