Administrator

Administrator

Direktor bilan uchrashuv

Опубликовано в Новости

Joriy yilning 22-23 fevral kunlarida litseyning faollar zali  3-kurs o'quvchilari va  akademik litsey direktori Malyubov.A.A o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda direktor tomonidan  kurs o'quvchilari gardanidagi mas'uliyatning qanchalik ulkanligi, ularni namoyish qiladigan ko'rsatkichlari nafaqat o'zlarining kelajagi balki, litsey mavqei uchun ham qanchalik ahamiyatliligi, ularni mukammal bilim olishlari uchun litsey tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, direktor sifatida qo'lidan keladiga barcha sharoitlarni  yaratib berishga harakat qilish, ulardan esa  faqat astoidil mehnat qilib litsey jamoasi va ota-onasini yuzini yorug' qilish vazifasi turganligi ta'kidlab o'tildi. Muloqot davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga, o'ylantirayotgan muammolarga javob oldilar. 

G'oliblarni kutib olish

Опубликовано в Новости

Joriy yilning 17-yanvarida xalqaro Jautikov olimpiadasida muvaqqiyatli ishtirok etgan o'quvchilarimizni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda litseyimiz direktor o'rinbosarlari, o'quvchilarning do'stlari, ularning ota-onalari, ustozlari , SamISI o'quv ishlari bo'yicha rektor o'rinbosari Q.Mirzayev, Mir Said Baraka mahalla raisi va televideniya xodimlari tashrif buyurdi. Unda yig'ilganlar birma-bir so'zga chiqib o'quvchilarni muvaffaqiyat bilan chin ko'ngildan tabriklab, ularning ota-onasiga, ustozlariga va shunday sharoitlar yaratib bergani uchun litsey ma'muriyatiga ulkan minnatdorchilik bildirib o'tdilar. Va oxirda go'liblarga esdalik sovg'alari ulashildi.

Mavsumning ilk muvaffaqiyati

Опубликовано в Новости

Joriy yilning 10-15 yanvar sanasi Qozog'istonning Olmaota shahrida an'anaviy xalqaro 15- Jautikov fan olimpiadasi o'tkazildi. Unda 18 ta davlatdan 52 jamoa matematika, fizika va informatika fanlaridan bilimlarini sinashdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqa litseyimiz o'quvchilari ham o'z jamoasi bilan matematika fani bo'yicha ishtirok etdi. Murabbiy Baratov Adiz boshliq o'quvchilar: Usmonov Farzod(305-guruh), Erkinov Akbar (304-guruh) va Qudratov Sultonxonlar(205-guruh) tashkil topgan litseyimiz jamoasi yakunda 2 bronzani qo'lga kiritib, oldingi yillardagi iqtidorli o'quvchilarimiz boshlagan zafarli odimlarni davom ettirdilar. Biz litseyimiz jamoasi nomidan ushbu zafar bilan ularni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Общие сведения

Фундаментом академического лицея №1 при Самаркандском институте экономики и сервиса был лицей-интернат, созданный  в 1995 году, по прошествии 10 лет он был реформирован в академический лицей. Подробнее...

Новости

14-yanvar Vatan himoyachilari va Qurolli kuchlarimiz tashkil qilingan sana

14-yanvar Vatan …

Январь 14, 2020

Yotoqxona o'quvchilari bilan uchrashuv

Yotoqxona o'quvc…

Январь 8, 2020

Контакты

Улица: Амира Темура, д 70

Тел.: 233-19-70, 233-20-20

Факс: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.