Administrator

Administrator

G'oliblarni kutib olish

Опубликовано в Новости

Joriy yilning 17-yanvarida xalqaro Jautikov olimpiadasida muvaqqiyatli ishtirok etgan o'quvchilarimizni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda litseyimiz direktor o'rinbosarlari, o'quvchilarning do'stlari, ularning ota-onalari, ustozlari , SamISI o'quv ishlari bo'yicha rektor o'rinbosari Q.Mirzayev, Mir Said Baraka mahalla raisi va televideniya xodimlari tashrif buyurdi. Unda yig'ilganlar birma-bir so'zga chiqib o'quvchilarni muvaffaqiyat bilan chin ko'ngildan tabriklab, ularning ota-onasiga, ustozlariga va shunday sharoitlar yaratib bergani uchun litsey ma'muriyatiga ulkan minnatdorchilik bildirib o'tdilar. Va oxirda go'liblarga esdalik sovg'alari ulashildi.

Mavsumning ilk muvaffaqiyati

Опубликовано в Новости

Joriy yilning 10-15 yanvar sanasi Qozog'istonning Olmaota shahrida an'anaviy xalqaro 15- Jautikov fan olimpiadasi o'tkazildi. Unda 18 ta davlatdan 52 jamoa matematika, fizika va informatika fanlaridan bilimlarini sinashdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqa litseyimiz o'quvchilari ham o'z jamoasi bilan matematika fani bo'yicha ishtirok etdi. Murabbiy Baratov Adiz boshliq o'quvchilar: Usmonov Farzod(305-guruh), Erkinov Akbar (304-guruh) va Qudratov Sultonxonlar(205-guruh) tashkil topgan litseyimiz jamoasi yakunda 2 bronzani qo'lga kiritib, oldingi yillardagi iqtidorli o'quvchilarimiz boshlagan zafarli odimlarni davom ettirdilar. Biz litseyimiz jamoasi nomidan ushbu zafar bilan ularni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

O'quvchilar turar joyida o'tkazilgan tadbir

Опубликовано в Новости

2018-yil 17–noyabr kuni o’zbekiston respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 27  yilligiga bag’ishlab Jontayev Maqsud domla tomonidan o’quvchi yoshlar turar joyida istiqomat qiluvchi o’quvchilarning intellektual bilimini sinovdan o’tkazish uchun  tadbir o’tkazildi. tadbirda jami 5 nafar jamoa qatnashib  20 ta savolga javob berishga harakat qilishdi. O’yin yakunida uchinchi bosqich talabalari g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Общие сведения

Фундаментом академического лицея №1 при Самаркандском институте экономики и сервиса был лицей-интернат, созданный  в 1995 году, по прошествии 10 лет он был реформирован в академический лицей. Подробнее...

Новости

QABUL-2019

QABUL-2019

Июнь 20, 2019

Контакты

Улица: Амира Темура, д 70

Тел.: 233-19-70, 233-20-20

Факс: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.