Akademik litsey

UzbekRussianEnglish (UK)

ARM haqida ma’lumot

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 31 maydagi “O`zbekiston Respublikasi mintaqaviy Oliy o`quv yurtlarini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risidagi” qarori asosida “O`zbekbirlashuv” Boshqaruvi hayatining 1995 yil 17-iyuldagi 121-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi Vazirligining 1995-yil 18-iyuldagi 143-sonli qo`shma buyrug`iga muvofiq, Samarqand kooperativ instituti qoshida litsey-internat ochildi va shu vaqtning o`zida kutubxona tashkil etildi. Kutubxona kichik, moslashmagan binoda joylashgan edi. Birlamchi fond kooperativ instituti kutubxonasi hisobiga shakllantirilib, institut tomonidan kutubxonaga 1000 nusxada kitob taqdim etildi. Kelgusida fond, homiylar, ota-onalar, o`quvchilar, budjet kreditlari hisobiga oshirila bordi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi O`zbekiston Respublikasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida 204-sonli qarori hamda 2005 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o`rta va o`rta-maxsus, kasb-hunar ta`limiga izchil o`tishni ta`minlashga doir qo`shimcha chora tadbirlar” to`g`risidagi 473-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazining 2005 yil 3-avgustdagi 175-sonli buyrug`iga muvofiq, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi litsey-internat bazasiga akademik litsey nomi berildi.
Shu davrda kutubxona fondi 6,5 ming nusxani tashkil etdi va 2007-yil 9-mart kuni viloyat o`rta-maxsus ta`lim markazi tomonidan tasdiqlangan o`z Nizomi va hujjatlari asosida va Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining ARM ishiga oid farmonlari, qaror va ko`rsatmalari, me`yoriy hujjatlari asosida ish yuritib kelindi. Ayni paytda, kutubxona Axborot-resurs markazi deb ataladi.
Kutubxona ARM deb nom olishi jarayonida uning fondi 8 ming nusxani tashkil etgan bo`lsa, davlatimiz tomonidan berilayotgan e`tibor, qator imkoniyatlar ARM moddiy-texnik bazasiga ham ijobiy ta`sir eta boshladi va hozirga kelib umumiy fond miqdori 16 ming nusxaga yetdi. ARM umumiy maydoni 50 metr kvadrat joyni egallagan, 50 o`rinli o`quv zali, an`anaviy kitoblar zali, elektron resurslar zalidan iborat.
16000 nusxadan iborat umumiy fondning asosini umumta`lim fanlarining darsliklari tashkil etadi. 1500 sondan ziyod badiiy, 9828 o`quv qo`llanma va darsliklar, 90 nomdan ortiq O`zbekiston va Rossiya davriy nashrlariga obuna tashkil etilgan. ARMda 17 ta litsey ichki tarmogi va internet tarmog`iga ulangan kompyuter, 3 ta printer, 2 ta kseroks, 2 ta skaner, videoapparaturaga, kitob va kompyuterlarni saqlash qoidalariga rioya qilgan holda 2 ta konditsioner (isitish-sovutish jihozlari) bilan ta`minlangan.
2007 yildan buyon ARMda «IRBIS» avtomotlashtirilgan dasturi asosida ish olib borish tashkil etilgan. Akademik litsey ARMi Respublikada birinchilardan bo`lib IRBIS dasturidan foydalana boshlagan va adabiyotlarning elektron katalogini yaratishga kirishgan. ARM rahbari Soy Natalya avtomatlashtirishga muljallangan IRBIS tizimini joriy qildi va Respublikamizda birinchilardan bo`lib o`z elektron bibliografik resurslarini yaratishga muvofaq bo`ldi.
2008-yili «Eng yaxshi axborot-resurs makazi» nomli ko`rik tanlovning avval viloyat, keyin respublika miqyosida qatnashib, Oliy o`ringa sazovor bo`ldi.
Akademik litseyda Axborot-resus markazini zamon talablari asosida tashkillashtirish va targ`ibot qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, ilg`or tajriba va tashabbuslarini e`tiborga olib Prezidentimiz farmoni asosida 2009 yil ARM rahbari Soy N.D. “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
ARMning xizmatlaridan 2562 kishi doimiy foydalanadi. Yiliga 28000 kitobxonlarga xizmat ko`rsatiladi. Yil davomida 76000 nusxa adabiyotlardan kitobxonlar foydalanadi. 30000 dan ortiq elektron resurslar mavjud.
ARMda kitobxonlarning shaxsiy varaqalaridan kimning qachon, qaysi kitobni, qancha vaqtda o`qib chiqqanini aniq bilish mumkin. Masalan, 310-guruh o`quvchisi Boymurodova Adiba joriy o`quv yilida 4 oy muddat davomida varaqasida 18 kitob olgani qayd etilgan bo`lsa, 211-guruh o`qvchisi Ilyushenko Liliya varaqasida o`qiyotgan yo`nalishi bo`yicha 12 ta adabiyot olgan bo`lsa, badiiy asarlardan 9 tasini o`qib chiqqanligi ma`lum bo`ldi. Litseyda shu kabi na`munali kitobxonlar haqida ko`p gapirish mumkin.
ARM “Mir Sayid Baraka”, “O`rikzor”, “To`pxona” mahallalari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ARMi, rus madaniy markazi, Samarqand Davlat universiteti ARMi, 37-va 51-ixtisoslashgan umumta`lim maktablari xamkorlik ishlarin olib boradi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasining «Axborot kutubxona faoliyati to`g`risida»gi qonunida ARMlar oldiga bir qator yangi vazifalar qo`yilgan edi.

Jumladan:

  • ta`lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-ta`limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta`minlaydi;
  • elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
  • shaxsning ma`naviy boy va barkamol ijodiy o`sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda o`zidagi va o`zidan uzoqdagi axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilarni bahramand etadi;
  • axborot-kutubxona resurslaridan o`zaro foydalanishni ta`minlaydi;
  • boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • yig`ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.

Litsey ARMida avtomatlashtirish borasida 2008-yildan buyon IRBIS tizimida olib borilayotgan ishlar rivojlantirilib, ushbu vazifalarni to`laqonli bajarish uchun xodimlar malakasini oshirish ishlari, albatta, birinchi navbatdagi masala edi.
2012 yil 2 iyuldagi O`MKHT Markazining “Axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish to`g`risida”gi 175-sonli buyrug`iga asosan axborot-resurs markazi xodimlarini “Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi (KARMAT)" dasturi bilan ishlashga o`rgatish bo`yicha maxsus o`quv kurslari tashkil etilib, xodimlarni o`qitish ishlari boshlab yuborilgan edi. Samarqand viloyati xududida 2013 yil iyul oyida ARM xodimlaridan ikki nafari bir hafta davomida «KARMAT» dasturini yuritish bo`yicha malaka oshirishdi.
Ushbu dastur asosida kutubxona-axborot tizimi tashkil etildi. Dasturda kataloglashtiruvchining avtomatlashtirilgan ishchi o`rni (AIO`) bo`limida asosan tizimning elektron katalogi bazasi shakllantirildi va kutubxona fondiga kelib tushayotgan adabiyotlarga bibliografik ishlov berish amalga oshirilmoqda. Fonddagi barcha adabiyotlarning elektron yozuvlari 2363 nomni tashkil etdi.
Kitobxonlarning elektron formulyarini yaratish ham amalga oshirildi. Barcha litsey o`quvchilari, 100 nafarga yaqin o`qituvchi-xodimlar ro`yxatdan o`tkazildi. Ko`rinib turibdiki, dasturning “kataloglashtirish”, bo`limi to`liq ish faoliyatida. Litsey ichki tarmog`ida tarmoqdan xizmat ko`rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kitobxonning AIO` – bu dasturiy texnik kompleksda kitobxon elektron katalogdan foydalanadi, fondidagi adabiyotlar to`g`risida ma`lumot olib, qidirib topgan adabiyotlarga buyurtmalar beradi va ularning bajarilishi to`g`risida axborotlar oladi.
Kitobxonning shaxsiy elektron kabineti (KSHEK). Kitobxon o`z shaxsiy elektron kabineti orqali ARM elektron bazasi bilan tanishib, kerakli adabiyotlarni qidiradi, ularga buyurtmalar beradi va berilgan buyurtmalarning bajarilishi to`g`risida ma`lumotlarni o`z shaxsiy kabineti orqali ko`radi. Kitobxon o`z shaxsiy elektron kabinetida elektron resurslarning to`liq matnini ko`rishi ham mumkin.
Ayni paytda, adabiyotlarning to`liq matnlari bilan ishlashga e`tibor qaratilgan, elektron yozuvlarga matnlarni biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda. Fonddagi umumta`lim fanlari darsliklarining elektron variantlari to`lig`icha tayyorlandi.
ARMda KARMAT dasturini mukammal o`zlashtirib, elektron yozuvlarni tayyorash yuzasidan, oz muddatda Respublika O`MKXT tizimidagi korporativ tarmoqqa joylashtirganligi, ichki tarmoqda barcha ish o`rinlirini bajara olganligi sababli O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazining 2012-yil 2-iyuldagi “Axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish to`g`risida”gi 175-sonli buyrug`i hamda institutning “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi elektron kutubxonalarining axborot tarmog`i” innovatsion grant loyihasi doirasidan korporativ tarmoqning Samarqand viloyati bo`yicha tayanch elektron kutubxonasi deb belgilandi. Institut direktori prof. S.Toshpulatov tomonidan Samarqand O`MKXT boshqarmasiga minnatdorchilik xati yuborildi.
2012 yil iyul oyidan buyon ARM rahbari viloyat miqyosidagi KARMAT dasturi bilan ishlayotgan kollej va litsey ARMlari xodimlariga soha ishi, avtomatlashtirish bo`yicha amaliy va uslubiy yordam ko`rsatib kelmoqda.

ARM da faoliyat ko`rsatayotgan bo`limlari.
1. Ilmiy-uslubiy bo`lim - axborot-resurs markazi faoliyatida asosan ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Kutubxona faoliyatida ishning eng samarali usullari va shakllarini har tomonlama yoyish, kutubxona xodimlarining malaka va mahoratini oshirishga yordam beradi. Ilg`or ish tajribalarini amaliy ishga joriy qilishga erishish, joylardagi ishlar ahvolini nazorat qilish va ularga tashkiliy yordam ko`rsatish ishlarini olib boradi. ARM ishiga uslubiy va amaliy yordam ko`rsatadi. ARM me`yoriy xujjatlarini tuzadi va ishda joriy kiladi. ARM xodimlarining lavozim yo`riqnomalarini tuzadi va ularni xodimlarga etkazish vazifalarini bajaradi.
2. Qabul qilish, butlash va kataloglashtirish bo`limi - ARM fondining elektron katalogini tuzish. KARMAT dasturini ishda joriy qilish. YAngi qabul qilingan adabiyotlarni inventar daftarlariga qayd qilish va ularni muhrlash. Adabiyotlarni ilmiy ishlab chiqarish: UDK tasniflash jadvaliga asoslanib, sistemalashtirish, kataloglashtirish. Adabiyotlarni texnik ishlab chiqarish: kitobning cho`ntagini elimlash, kitob formulyarini yozish. Adabiyotlarni ARM fondiga taqsimlash. Hisobdan chiqarilgan adabiyotlarni rasmiylashtirish (dalolatnoma tuzish, inventar daftarlarida maxsus belgi qo`yish) ishlarini bajaradi. Davriy nashrlarga obuna ishlarini olib boradi va bo`limlarga tarqatadi.
yil davomida olingan adabiyotlar soni – 490 ta.
Yil uchun 65 nomda gazeta va 65 nomda Respublika jurnallari va 48 nomda Rossiya jurnallariga obuna tashkil qilindi. Jami 62 905 721 so’m. 2011 yilda IARM fondidan 18142 nusxa ma`naviy eskirgan va davr talabiga javob bermaydigan adabiyotlar hisobdan chiqarildi.
3. Adabiyotlar va elektron axborot resurslar bo`limi - universitet kitobxonlarining adabiyotlarga bo`lgan talablariga muvofiq xizmat ko`rsatadi. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam ta`lim olishiga va mustaqil ravishda ta`lim olishiga ko`maklashadi. Bo`lim ARMga foydalanuvchilarni a`zo qilish ishlarini olib boradi. Foydalanuvchilar talabnomalari buyicha adabiyotlarni uyga kitob berish ishlarini rasmiylashtiradi, xisob-kitobini olib boradi. Qarzdor kitobxonlar bilan ishlash ishlarini olib boradi (qarzdorlar ro’yxatini tuzadi, ogoxlantirish ishlarini olib boradi). IARMga a`zo bo`lgan foydalanuvchilarni «KARMAT» dasturi bo`yicha «ARM-chitatel’» hisobiga kitobxonarni kiritadi va har bir kitobxonga «Identifikatsiya raqami»ni belgilaydi.

ARM yangiliklari

Axborot-resurs markazining ISH REJASI

Samarqand 2015 yil

2015 yil - «Keksalarni e`zozlash yili»

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright © Samisi.Uz. All rights reserved.