Akademik litsey

UzbekRussianEnglish (UK)

ARM qoidalari

I. Umumiy qoidalar:

SamISI qoshidagi 1 son akademik litseyida ARMdan foydalanish qoidalari «Umumta`lim muassasasi axborot-resurs markazlaridan foydalanishning na`munaviy Nizomi» va ARM Nizomi asosida ishlab chiqilgan.
ARMdan foydalanish qoidalari ARM kitobxonlariga xizmat ko`rsatishnlishini tashkillashtirish, ARM va kitobxon huquq - majburiyatlarini ko`zda tutgan holda amalga oshiriladi.

II. Kitobxonlar, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarligi.

Kitobxonlar huquqi

  • ARM kitobxonlari-talabalar, aspirantlar, o`qituvchilar jamoasi, litsey xodimlari, yaqin-atrofdagi mahalla aholisi quyidagi huquqlarga ega;
  • ARM taqdim etayotgan barcha kutubxona-axborot xizmatlaridan foydalanish, katalog va kartotekalar tizimi orqali yagona litsey kitob fondi tuzilmasi haqida to`la axborot olish va axborotlashtirishning boshqa turlari;
  • ARM fondidan o`quv zali va abonementdan istalgan hujjatlarni vaqtinchalik ishlatishga olish;
  • Har xil axborot manbalarini ishlatgan holda chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni qidirib topish va tanlashda konsalting xizmatini ko`rsatish, shu jumladan, komputer, internet, CD-ROM va boshqalarni ishlatgan holda;Kutubxonalararo abonement bo`yicha hamkorlik qilish.

Kitobxonlar majburiyati

  • xizmatchilarga nisbatan odobli bo`lish, mazkur qoidalarga amal qilish;
  • kutubxona fondidan olingan hujjatlarni avaylash;
  • belgilangan muddatda qaytarish;
  • kitobxonlik formulyarlari yoki boshqa hujjatlarda qayd etilmagan bo`lsa, ARM binosidan chiqarmaslik;
  • hujjatlarda qayd, o`chirishlar, betlarni bukish va yirtilishiga yo’l qo`ymaslik;
  • katalog va kartotekalardan kartochkalarni olmaslik, ularga yozmaslik;
  • hujjat va boshqa materiallarni olishda, kitobxon ularni yaxshilab ko`zdan kechirishi, biror nuqson aniqlangan taqdirda, bu haqda xodimga xabar berishi lozim, aks holda, kitobga shikast yetkazilganlik uchun javobgarlik oxirgi o`quvchi bo`ynida bo`ladi;
  • o’quvchilar har yili kitobxonlik guvohnomalarini, unda qayd etilgan kitoblarni va guvohnomani ko`rsatgan holda, qayta ro`yxatdan o`tkazishlari lozim;
  • Qayta ro`yxatdan o`tkazish yanvardan martgacha amalga oshiriladi. Qayta ro`yxatdan o`tmagan kitobxonlarga kutubxona xizmat ko`rsatmaydi. Litsey tasarrufidan chiqqan kitobxonlar ARMga ularda bo`lgan kitob va kitobxonlik guvohnomalarini qaytarishlari lozim.

Kitobxon javobgarligi

  • kitobxon o`z guvohnomasi va nazorat varaqasini boshqa shaxsga berishi yoki begona hujjatlardan foydalanishi mumkin emas;
  • foydalanish qoidalarini buzgan yoki ARMga zarar yetkazgan o`quvchi ARM tomonidan 2007-yil 20-aprelda qabul qilingan «Kitobni yo’qotganlik, o`z vaqtida qaytarmaganligi, zarar yetganligi uchun jarima undirish buyrug`iga»ga muvofiq javobgarlikka tortiladi;
  • foydalanish qoidalarini bir necha bor buzgan kitobxon ARMdan 6 oy mobaynida foydalanish huquqidan mahrum etiladi.

III. Kitobxonlarni ARMda qayd etish tartibi

  • ARMda ro`yxatdan o`tish uchun kitobxonlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari shart. Shu asosida ularga litseyda o`qish yoki ishlash mobaynida kitobxon bileti berilib, kitobxon formulyari to`ldiriladi;
  • kitobxon bileti ARMdan foydalanish huquqini beruvchi yagona hujjatdir;
  • ARMda ro`yxatdan o`tishda kitobxon ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishib, ularga amal qilish majburiyatini kitobxon bilet va formulyaridagi imzosi bilan tasdiqlashi lozim;
  • kitobxon formulyari-asarlarning uyga berilishi va ARMga qaytarilishi faktini tasdiqlovchi hujjatdir.

IV. O`quv zalidan foydalanish tartibi

  • o`quv zalida hujjatga buyurtma berishda kitobxon guvohnomasini ko`rsatib, talabini yozma ravishda to`ldiradi va kitob olinganidan so`ng kitob formulyariga imzo chekadi. Kitob - formulyari kitobning kitobxonga berilishi va xodim tomonidan qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjatdir;
  • o`quv zalida beriladigan hujjatlar soni odatda chegaralanmaydi. Agar bir adabiyot bir vaqtning o`zida bir necha kishi tomonidan talab qilinsa, cheklanishi mumkin (ma`muriyat qaroriga ko`ra);
  • asosiy kitob fondidan o`quv zaliga berilgan kitoblar, muayyan muddatga bronlashtirilishi mumkin;
  • ensiklopediyalar, ma`lumotnoma, kam uchraydigan va qimmatbaho asarlar, oxirgi yoki yagona nusxa hamda KAA orqali olingan hujjatlar faqat o`quv zalida o`qish uchun beriladi;
  • hujjatlarni o`quv zalidan chiqarish mumkin emas, mazkur qoida buzilgan taqdirda kitobxon ARMdan foydalanish huquqini bir oy muddatga yo`qotishi mumkin;
  • o`quv zalidan chiqib ketish oldidan kitobxon olingan hujjatlarni qaytarib berishi shart.

V. Abonementdan foydalanish qoidalari

  • Abonementda hujjatlarni buyurtma qilish va olish uchun kitobxonlar to`g’ri to`ldirilgan kitobxonlik talabini ko`rsatishadi va kitob formulyariga imzo chekishadi;
  • hujjatlarni berishni rasmiylashtirishda xodim kitobxon daftarchasini oladi, kitobxonlik formulyarini topadi, kitob formulyaridagi imzo to`g’riligiga ishonch hosil qiladi va uni kitobxon formulyariga solib qo`yadi.

Adabiyotlar berilishi:

  • Ilmiy adabiyot uch kundan 1 oygacha miqdorda beriladi;
  • Badiiy adabiyot 1-3 va undan ortiq nusxada 15 kun muddatga beriladi;
  • Badiiy-adabiy oynomalar-15 kunga;
  • Kam uchraydigan va nodir asarlar, yagona yoki oxirgi nusxalar uyga berilmaydi;
  • O`qituvchilar uchun ilmiy adabiyot semestrga beriladi, agar ikki va undan ortiq nusxda bo`lsa, boshqa kitobxonlar so`raganda darrov qaytarilishi shart;
  • Kitobxonlar, boshqa kitobxonlardan talab tushmagan bo`lsa, uyga olingan adabiyotlardan foydalanish muddatini uzaytirishi mumkin, ammo ikki martadan ortiq emas.

QO`SHIMCHA XIZMATLAR

1. Kitobxonlarga masofadan xizmat ko`rsatish. www.armat.uz sahifasida joylashtirilgan elektron katalogdan foydalanish. Elektron pochtasi yordamida hujjatlarni yetkazish.
2. Komputerlar, Internet ma`lumot bazalari, KARMAT va IRBIS avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi, ma`lumotlar bazasidan foydalanish.
3. Litsey o`qituvchilarining uslubiy qo`llanmalari, darsliklarning elektron variantlarning ARM lokal tizimiga joylashtirilgan bazalardan oquvchilar, o`qituvchilar va mahalla aholisi talabiga binoan foydalanish.
4. Kitobxonlar talabiga ko`ra elektron ma`lumotlar bazasidan istalgan soha bo`yicha analitik axborot, maqolalarni tanlab berish (bosh so`zlar, mualliflar, mavzular va boshqa so`zlarga qarab).
5. Kelgan yangi adabiyotlar taqdimotini o`tkazish.
6. Internet ta`lim portallaridagi barcha resurslardan chegaralanmagan holda foydalanish.
7. Kserokopiya, skanerlash, matnlarni printerdan chiqarish.

ELEKTRON O`QUV ZALIDAN FOYDALNISH QOIDALARI

1. Foydalanuvchi elektron o`quv zalida (O`Z) mustaqil ishlashi uchun zaldagi navbatchi - xodimning ro`yxatidan o`tishi zarur.
2. O`qituvchi, o`quvchi, litsey xodimlari va tegishli xudud mahalla aholilari uchun O`Zning komp’yuterlaridan bepul foydalanish vaqti chegaralangan bo`lib:- o`qituvchilar uchun - 1 oyda 10 soat; o`quvchilar va litsey xodimlari uchun – 1 oyda - 15 soat, bir kunda ishlash vaqti 2 soatdan oshmasligi kerak.
3. Belgilangan bepul foydalanishning chegaralangan vaqti tugagandan so`ng, EO`Zdan foydalanish navbatdagi oygacha to`xtatiladi; ishlatilmagan vaqti navbatdagi oyga o`tkazilmaydi.
4. SHaxsiy disketlardan EO`Zda foydalanish faqat navbatchi-xodim ruxsati bilan tekshiruvdan o`tkazgandan (virusi bor yoki yo`qligini, maxsus dastur orqali tekshirgandan) so`ng ishlatish mumkin. Foydalanuvchi tomonidan komp’yuterga o`tkazilgan ma`lumotlar saqlanmaydi va bu haqda da`vo qabul qilinmaydi.
5. EO`Zdan kerakli ma`lumotlarni disketaga ko`chirish navbatchi-xodim yordamida bajariladi va u berilgan disketalarga yozib olish sifatiga javobgar emas.
6. EO`Zda foydalanuvchilar o`quv jarayon va ilmiy izlanishlar uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni global Internet tarmog`i orqali olishi va Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko`rsatish turi bo`lgan elektron pochta xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
7. Qat`iyan man qilinadi:
- EO`Z komp’yuterlariga shaxsiy dasturiy ta`minotlarni o`rnatish va EO`Z uchun litsenziyalashtirilmagan dasturlarni kiritish;
- Komp’yuterlar dasturlarini o`zgartirish yoki sozlash;
- Man etilgan dasturlar, ma`lumot bazalariga kirib va ularga o`zgartirishlar kiritib dastur yoki ma`lumotlar bazasiga zarar etkazgan foydalanuvchi EO`Zdan foydalanish huquqidan mahrum etiladi va uning foydalanish huquqi qayta tiklanmaydi;
- EO`Zdagi komp’yuterlarni o`yin uchun ishlatish;

Global Internet tarmog`idan:
- ma`naviy-axloqiy e`tiqodimizga zid bo`lgan ma`lumotlarni ko`rish;
- tarmoq orqali shaxsiy so`zlashuvlar;
- elektron pochta orqali shaxsiy xarakterdagi xat yozishlar;
- tijorat maqsadidagi reklamalar.

8. Yuqorida ko`rsatilgan qoidalarni buzgan foydalanuvchi EO`Zdan foydalanish huquqidan oyning oxirigacha, ayrim holda yilning oxirigacha mahrum etiladi.
9. Komputer texnikasiga zarar ko`rsatgan shaxslar, moddiy javobgardir.
Elektron fondlardan foydalanish tartibi, EO`Zning asosiy va qo`shimcha xizmat turlari universitet Ustavi va IARMdan foydalanish qoidalari asosida tuziladi. EO`Z ish tartibi IARM direktori ko`rsatmasiga asosan, universitet rektorining roziligi bilan belgilanadi.

ARMga A`ZO BO`LISH

O`qituvchilar, o`qituvchilar va xodimlar ARMga a`zo bo`lishi uchun litseyga o`qish yoki ishga qabul qilish buyrug’iga binoan ma`muriyat ro’yxatiga qarab amalga oshiriladi. O`quvchilarga kitobxonlik guvohnomasi asosida ham xizmat ko`rsatiladi. O`qituvchi va xodimlar kadrlar bo`limi ma`lumotnomasi va shaxsiy hujjatlari asosida yagona kitobxonlik guvohnomasi olishadi va ARMga a`zo bo`lishadi. Mahalla aholisi shaxsini aniqlovchi guvohnomasi (pasporti)ni ko`rsatib faqat o`qish zallaridan foydalanishlari mumkin.

Kitobxonlik guvohnomasi
Kitobxonlik guvohnomasi ARMdan foydalanish huquqini beradigan yagona hujjatdir. Kitobxonlik guvohnomasini an`naviy kitoblar bo`limidan olishi, yo`qotilsa, dublikatini olishi mumkin. O`zi bilan, albatta, 3x4 o`lchamda 2 dona fotosurat olib kelishi shart. O`z kitobxonlik guvohnomasini boshqa kishiga berishi va begona guvohnomadan foydalanishi ta`qiqlanadi. Aks holda, kitobxon ARMdan foydalanish huquqidan mahrum bo`ladi.

ARM yangiliklari

Axborot-resurs markazining ISH REJASI

Samarqand 2015 yil

2015 yil - «Keksalarni e`zozlash yili»

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright © Samisi.Uz. All rights reserved.