Administrator

Administrator

14-fevralda buyuk davlat arbobi, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari tavalladuning 537 yilligiga bag'ishlab akademik litsey faollar zalida tarix fani o'qituvchisi Rasulov Baxtiyor tashabbusi bilan 116- guruh o'quvchilari ishtirokida  bayram tadbiri o'tkazildi. Ushbu tadbirga maxsus mehmonlar: san'at kollejining dutorchi qizlarning badiy chiqishlari o'zgacha shukh, zavq berdi. Hazratning tarixdagi o'rni, Bobur siymosi amalga oshirgan ishlari, yaratgan ijodiy bo'stoni haqida ma'lumotlar berish uchun SamDU professor o'qituvchilari Razzoqov A, f.f.d Irisqulov O. maxsus mehmon sifatida taklif qilindi. O'tkazilgan tadbir o'quvchilarda ulkan taasurot qoldirib Bobur shaxsiyatiga nisbatan ular qalbida katta ehtirom, hurmat yana bir karra ortdi.

Давра суҳбатини акaдемик лицей директорининг маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари С.Назаров кириш сўзи билан очар экан, бугунги кунда мамлакатимизда ёшларнинг спортга бўлган қизиқишини янада ошириш учун катта имкониятлар яратилаётганлигини айтиб, академик лицейда таҳсил олган ўкувчиларни спорт соҳасида эришган ютуқлари  ҳақида қисқача маълумот бериб ўтди.

Таеквондо бўйича Ўзбекистон чемпиони Олимов Ойбек  ўз чиқишида  эришган ютуқлари ҳақида гапириб берди. Эришилган ҳар қандай натижа машаққатларсиз бўлмаслигини ёшларга тушунтирди ва  юртимизда олиб борилаётган ислоҳатлар ва ёшларга берилаётган имкониятлар ҳақида ўқвчи ёшларга маълумотлар берди.

Таеквондо бўйича қора белбоғ сохиби Мардонов Жасур ва Зайниддинова Лайлолар ҳам ўзларининг эришган ютуқлари ва чет элда ўтказилган турнердаги иштироки ҳақида гапириб ўқувчиларнинг қизиқтирган саволларига жавоб беришди.

Мазкур давра суҳбати орқали ўқувчи ёшлар спортга бўлган қизиқишларини янада ошишига, спорт орқали юксак марраларга эришиш мумкинлиги ҳақида маълумотга эга бўлишди.

Akademik litsey o'qituvchilari o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi

Nashr qilingan Yangiliklar

Joriy yilning 13- fevral sanasida akademik litsey jismoniy tarbiya rahbari Nurmatov Yoqub tashabbusi bilan litsey o'qituvchilari o'rtasida sportni ommlashtirish maqsadida futbol musobaqasi tashkil qilindi. Ushbu musobaqada to'rtta jamoalar o'zaro g'oliblik uchun bellashdilar. Bular: tillar kafedrasi, ijtimoiy kafedra o'qituvchilari va aniq fanlar kafedrasining matematiklar va informatiklardan tuzilgan ikkita jamoalari. Dastlab Informatiklar va ijtimoiy kafedra jamoalari o'zaro o'ynab unda informatiklar 4:2 hisobida g'alaba qozondi. So'ngra tilchilar va matematiklar o'zaro bahs olib borib matematiklar yirik 6:1 hisobida g'olib bo'ldilar. Hal qiluvchi bahsda informatiklar matematik o'zaro kurash olib bordilar. Shiddatli va qiziqarli kechgan bahsda matematiklar kichik 2:1 hisobida zafar quchdilar. Gollarni matematiklardan Norqulov Jaxongir va Xoliqov Laziz urishga muvaffaq bo'ldilar.

ARM yangiliklari

Axborot-resurs markazining ISH REJASI

Samarqand 2015 yil

2015 yil - «Keksalarni e`zozlash yili»

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.