Administrator

Administrator

Decemver 8, Constitution Day

Nashr qilingan Yangiliklar

Joriy yilning 6 dekabr kuni SamISI akademik litseyida xorijiy tillar kafedrasi oyliga doirasida O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag’ishlab, ingliz tili o’qituvchilari rahbarligida va akademik litsey o’quvchilari ishtirokida  “Decemver 8, Constitution Day” mavzuda tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda litsey o’quvchilari davlatimizning asosiy qomusi hisoblanmish , Konstitutsiyamiz haqidagi o’z  bilimlarini ingliz tilida namoyish etdilar. O’quvchilar konstitutsiya to’g’risida slayd orqali presentatsiya ishini taqdim etib, konstitutsiyadagi bob,bo’limlar, moddalarni ingliz tilida yoddan aytib berdilar va shuningdek, ushbu qonunlarni hayotimizda uchrab turadigan turli xil holatlar bilan bo’g’lab kichik sahna ko’rinishlarida namoyish etdilar. Tadbirdan ko’zlangan maqsad, ya’ni o’quvchilarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish va ushbu bilimlarini chet tilida ham ko’rsata olishga erishildi.

СамИСИ академик лицейида тиллар кафедрасининг фан ойлиги бўлиб ўтди. Ўзбекистон давлат сиёсатига асосланиб, аввало,  мукаммал ва ҳар томонлама ривожланишини, ўзи мустакил равишда фикрлайдиган, ўзининг харакатлар учун жавобгарлик хиссини англайдиган, Ватаннини ҳимоя қилишга тайёр турган  ёш авлодларни тарбиялаш мўлажалланган. Ушбу  фан ойлигида катор тадбирларни ўказиш ва ноананавий очик дарслар (АКТ воситалари қўллаш билан) режалаштирилган.

Ўтказилган тадбирлар орасидан шеърият шинавиндаларини “Куз фасли шеърларда” - “Поговорим об осени в стихах” учрашувини алоҳида кўрсатиш лозим. Бу учрашув шинам жойда, яъни академик лицейнинг АРМида ўтказилди. Ҳаммага аёнки, бизнинг юртимизда китобхонлик маданияти алоҳида, айниқса ёшлар ўртасида ўрин тутади. Қувонч билан айта оламиз, ки бизнинг ўқувчиларимиз шеърий ва насрий асарларни ўқибгина қолмай, ёддан айтиб беришди.

Академик лицейида П.Вяземский, М.Лермонтов, Б.Пастернак, С.Есенин, Ф.Тютчев ва А.Фет шеърлари жаранглади.

Ўқувчилар куз хақида шеърларни инглиз, немис ва узбек тилларда ўқиб беришдилар,  улар ичида ўз  шеърларни ўқиган ёш ижодкорлар ҳам бор эди.

Фан ойлиги доирасида ўтказиладиган тадбирларнинг ичида анъанавий тадбир бўлиб қолган “Менинг жонажон лицейим” – “Посвящение в лицеисты”,  лицей битирувчилар эстафетани биринчи курс ўқувчиларга тантанали равишда рамзий маъносида  билимлар калитини узатдилар.

 “Бадиий асарлар кахрамони расмларда” конкурси қизикарли равишда  бўлиб ўтди. Ўқувчилар мавзуга ижодий ёндашдилар ва суюкли асар каҳрамонларини тақдим этдилар. 

Диққатга сазовор булгани шуки, ўқувчилар нафакат расми чизиш, хаттоки ўз каҳрамони хақида адабиёт асаридан мисраларидан ҳикоя килиб берди, ишқи ҳам маромига етказдилар.

21-октябр Давлат- тили мақоми берганлиги байрамини нишонлаш арафасида кенг кўламли тадбир ўтказилди, унда рус ва ўзбек гуруҳ ўқувчилари иштирок этдилар. Тадбирда  она тилига оид шеърлар айтилди,  А.Навоийнинг асарларида парчалар намойиш этилди.

Ўтказилган тадбирлар ўртасида бир неча кўрик - танловлар алоҳида таъкидлаш мумкин: “Энг яхши китобхон”, “Истеъдод-2017”, “Ёш журналистлар”, “Рус тили билимдони” ва бошқалар.

        Барча тадбирлар, биринчи навбатда, ўқувчиларнинг ижодий кобилиятини ривожланишига, биргаликда ишлаш маҳоратини намоён этишга, билимини оширишга ва ўз билим, малакасини намойиш этишга йўналтирилган.

Iste’dodli yoshlarimiz litseyimiz faxri!

Nashr qilingan Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi  boshlang’ich tashkiloti, o‘quvchilar orasida har sohada yetuk qobiliyat egalarini to‘plagan holda, “ISTE’DOD-2017” tanlovi 11 ta nominatsiya asosida o‘tqazildi. «She’ru -  Shuur» (Xudojestvennoe slovo)

«Sozandalik maxorati»(Instrumentalnoe iskusstvo)

«Oltin qalam»(Zolotoe pero)

«VOKAL»

«Milliy raqs»(Natsionalnыy Narodnыy Tanets)

«Zamonaviy raqs»(Sovremennыy tanets)

«Eng yaxshi suxandon»(Luchshiy Diktor)

«Erkin mavzu»(Kreativ)

«Dizayn»(Dizayn)

«Mo‘yqalam soxibi»(Luchshiy Xudojnik)

Tadbirni akademik litsey O‘IBDO‘ L.Rasulova ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad, ulkan zafarlar tiladi.

O‘quvchilarni chiqishlarini adolatli baholash maqsadida hakamlar hay’ati ham iste’dodli mehmon va xodimlardan shakllantirildi. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi huquqshunosi  O‘rinboeva Ziyoda Bahodir qizi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi xodimi Boymirzaeva Adliya, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti akademik litsey yoshlar etakchisi Sarsinbaeva Zulfiya, akademik litsey matematika fani o‘qtuvchisi Aslamov Doston. Haqiqiy iqtidor egalarining iste’dodini baholashga hakamlar ham qiynalishdi, bu esa bizning o‘quvchilarning  faqatgina tanlangan fanigagina emas, aksincha san’at sohasiga ham qay darajada qiziqishlarini ma’lum qildi.

«SHe’ru -  SHuur»da 307 guruh o‘quvchisi Qosimov Bobur, «Sozandalik maxorati»da Ziyodullayev G’anisher, «Oltin qalam»da 202-guruh o‘quvchisi Hamdamov Jonibek, «VOKAL» nominatsiyasida ikki nafar, ya’ni 107 Muzaffarov Mironshoh va 111 guruh  o‘quvchisi Musaeva Nigina g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.

«Milliy raqs» 107-guruh o‘quvchisi Xayritdinova Malika, «Zamonaviy raqs» 202-guruh o‘quvchisi Ergashev Ramziddin, «Erkin mavzu» 307 Ahmedov Shahzod, «Dizayn» yo‘nalishi O‘lmasova Mahtob, «Mo‘yqalam soxibi» Baxtiyor go‘oliblikni qo‘lga kiritishdi, «Eng yaxshi suxandon» yo‘nalishida O‘lmasova Mahtob g’olib bo‘ldi va diplom bilan taqdirlanishdi. Qolgan barcha ishtirokchilar va boshlang’ich tashkilotning faol yetakchilari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. Tadbirga Samarqand QXI akademik litseyi o‘quvchilari mehmon sifatida qatnashishdi va iliq taassurotlar bildirishdi. Ayniqsa, rassom bo‘lmay turib, o‘quvchilarning rang ajrata olishi,  mahorat ila chizilgan ishlar yuqori baholandi.

3.45 minut davom etgan tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tomoshabinlar haqiqatdan iste’dod egalarini ko‘rib havas qilishdi va yanada mukammal senariy asosidagi chiqishlarni kutib qolish istaklarini bildirishdi. Yoshlar ittifoqi haqiqatdan o‘quvchi yoshlarning orzu-istaklari kaliti ekanligi amaliy isbotni topdi.

Tadbir tashkilotchisi

Yoshlar yetakchisi     Sh.Zayniddinova 

ARM yangiliklari

Axborot-resurs markazining ISH REJASI

Samarqand 2015 yil

2015 yil - «Keksalarni e`zozlash yili»

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

“Qushlar- qanotli do’stlarimiz”

“Qushlar- qanotl…

Aprel 26, 2018

E'lon

E'lon

Aprel 14, 2018

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.