
Administrator
SamISI akademik litseyida 22.02.2018 kuni yosh tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan Yoshlar forumi uyushtirildi.Bu keng qamrovli tadbirga akademik litseyning tadbirkor o’quvchilari faoli qatnashdi.Shuningdek,O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi,Savdo-sanoat palatasi,Davlat bojxona qo’mitasi,SamISI,SABR va boshqa tashkilotlar faol qatnashdi.Forumda o’quvchilar o’zlari yaratgan mahsulotlari,innovatsion rejalari bilan faol qatnashdi.
Samarqand Davlat Iqtisodiyot va Servis Institutining Akademik litseyi ingliz tili o`qituvchisi Fayzulloeva Z.Z. 2017 yili 7 dekabr kuni “The influence of movies on young generation” mavzusida ochiq dars o`tkazdi. Dars 2 guruh o`rtasida musobaqa tarzida o`tkazildi. Ishtirokchilar o`z bilimlarini to’rt yo’nalishda, ya’ni eshitish, o’qish, yozish va gapirish yo’nalishlarida namoyish etdilar. O’qituvchi darsni yangi ped texnologiyalar asosida o’tdi. Dars davomida o’quvchilar ingliz filmlaridan parchalar tomosha qilib, ular asosida mashqlar bajarishdi. Yangi mavzuni tushuntirish davomida o’qituvchi o’quvchilarga kinemotografiyaning turli xil janrlarining ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirib o’tdi. Ishtirokchilar mashqlarni faol bajarib, film haqidagi fikrlarini ingliz tilida bayon qilishdi.
Samarqand Davlat Iqtisodiyot va Servis Institutining Akademik litseyi ingliz tili o`qituvchilari Fayzulloeva Z.Z. va Nurova G.T. buyuk yozuvchi va dramaturg Uilyam Shekspir hayoti va ijodiga bag`ishlangan tadbir o`tkazishdi. Tadbirda ishtirok etgan 104, 109, 205, 210 va 308 guruh talabalari o`zlarining aktyorlik mahoratlarini hamda ingliz tilidan qobiliyatlarini namoyish etishdi.
Uilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” hamda “Qirol Lir” kabi asarlari ishtirokchilar tomonidan ingliz tilida namoyish etildi.
Qizlar va yigitlar o`zlarining ajoyib mahoratlarini tomoshabinlarga ko`rsatib ularni Shekspir davriga sayohat qildirishdi va o`sha davrning muhim falsafiy muamolarini ko`rsatib berishdi. Ishtirokchilar nafaqat pyesalardan parchalar ko`rsatishdi balki ingliz tilida sonetlarni ham o`qib berishdi.
Bu kabi tadbirlar talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda ularni ingliz tilida o`z fikrlarini erkin bayon qilishga yordam beradi.
Tadbir oxirida o`zlarining aktyorlik mahoratlarini va ingliz tilidan yuqori darajadagi bilimlarini ko`rsatgan ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.