Akademik litsey

UzbekRussianEnglish (UK)

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik litseyining poydevori dastlab litsey-internat  shaklida 1995 yilda qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan 10 yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan vazifalar asosida litsey-internat faoliyati takomillashtirib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 oktyabrdagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazining 2005 yil 3 avgustdagi 175-sonli buyrug‘iga binoan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi litsey-internat bazasida akademik litsey tashkil etildi.

Akademik litsey zamon talablariga mos moddiy-texnika bazaga, yirik ilmiy-pedagogik salohiyatli o‘qituvchilar jamoasiga ega bo‘lib, ilmga chanqoq yoshlarni mamlakatimiz kelajagi yo‘lida tarbiyalab Respublikada o‘zining munosib o‘rnini egallagan o‘quv maskanidir. Akademik litseyda 96 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 8 nafari fan nomzodlari, 22 nafari bosh o‘qituvchi, 7 nafari esa xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochilari hisoblanadi.

Ta’lim sifatining asosiy ustuni-bu faol o‘qituvchidir. O‘quvchining darsdan qandaydir yangilik olishi aynan o‘qituvchining bilimi, saviyasi va mahoratiga bog‘liq. SHuning uchun ham akademik litseyda o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va mahoratini muntazam oshirib borishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida litsey direktori A.Matlyubov  AQSH da, nemis tili fani o‘qituvchilari M.Maxmudova,D.YUldashev, M.Abduvohidovalar Germaniyada, ingliz tili fani o‘qituvchisi A.Komilov YAponiyada malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, amalda tadbiq etib  kelmoqdalar. Akademik litsey Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent Axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali hamda boshqa qator oliy o‘quv yurtlari, malaka oshirish institutlari bilan ilmiy-pedagogik aloqalarni keng yo‘lga qo‘ygan. Ta’lim sohasidagi yangilanishlar, soha oldiga qo‘yilayotgan talablarning kengayib, imkoniyatlarning ortishi saboq berish uslublariga ham yangiliklar olib kirishini taqozo etadi. O‘qituvchilar dars jarayonida o‘qitishning interfaol usullarini yaratib, kompyuter texnologiyalari, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishning o‘ziga xos mexanizmlarini qo‘llashni yo‘lga qo‘ymoqdalar. SHu tarzda o‘qituvchilar tomonidan ko‘plab interfaol dars usullari yaratilmoqda va amaliyotga tadbiq etilmoqda. Pedagog kadrlar bilan bunday ishlarni tashkil etishda fan kafedralarining ahamiyati kattadir. SamISI qoshidagi akademik litseyda ilmiy pedagogik kengash qarori bilan beshta, ijtimoiy-gumanitar, matematika- informatika, xorijiy tillar, tillar hamda tabiiy fanlar kafedralari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fan kafedralari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomga asosan o‘z ish faoliyatlarini olib bormoqdalar. O‘quvchilarning barcha fanlar bo‘yicha bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqlarini har tomonlama rivojlantirishga o‘qituvchilarni safarbar etish, ularning fan yo‘nalishlaridan olgan bilim samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning o‘quv metodik ishlarini tashkillashtirish va ularning amaliyotga tadbiq etishini ta’minlash, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni takomillashtirib borish, ta’lim jarayonida DTS talablari asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini targ‘ib etish va ularning mahorati, iqtidori va qobiliyatini namoyish etish maqsadida fan oyliklarini o‘tkazish kabi vazifalarning kafedralar tomonidan talab darajasida bajarilishi ta’limda sifatga erishishga imkoniyat yaratmoqda.

Iqtidorli o‘quvchilarimizdan Diyora Salimovaning Ispaniyada o‘tkazilgan 49-Xalqaro matematiklar olimpiadasiga ishtirok etib bronza, Germaniyada  o‘tkazilgan 50-Xalqaro matematiklar olimpiadasiga ishtirok etib kumush medalini olishga sazovor bo‘lganligi, hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan 1U- Xalqaro  olimpiadaga Diyora Salimova, Umida Juraeva, Kristina Sokolovalarning muvaffaqiyatli qatnashib, g‘oliblik sertifikatlarni qo‘lga kiritganliklari.

01

Bronza medali sovrindori Diyora Salimova. Ispaniya. 49-XMO

Ostonada o‘tkazilgan 51-Xalqaro matematiklar olimpiadasiga ishtirok etib I.Akramov, U.Jo‘raeva, J.Abduraximov, Z.Ibragimovlar bira to‘la to‘rtta kumush medalini olishga sazovor bo‘lgani, 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 2009 yili matematik qizimiz Diyora Salimova, 2010 yili Umida Jo‘raeva hamda 2012 yili Muhayyo Ahmadovalar  fan nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilib, ZULFIYA nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganliklari bilim  cho‘qilarini egallash ishtiyoqlari kuchayayotganini ko‘rsatadi.

02

Akademik litseyda iqtidorli o‘quvchilar bilan maqsadli ishlash, ularni fan olimpiadalariga uzluksiz tayyorlash hamda iqtidorli o‘quvchilarni ilmiy ishlarga jalb etish maqsadida “Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Markazi” tashkil qilingan. O‘quvchilarning kamoli uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab quvvatlash markazning asosiy vazifalaridandir.             

Akademik litsey jismoniy tarbiya sport ishlarini rivojlantirish, yigit-qizlarning har tomonlama sog‘lom va etuk bo‘lib voyaga etishlariga ham faoliyatning asosiy qirrasi sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa  engil atletika, basketbol, kurash, voleybol, stol tennisi, shaxmat, va qo‘l to‘pi to‘garaklari ish faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qatnashchilar nafaqat shaharda, balki viloyat, Respublika va Xalqaro miqiyosidagi nufuzli bellashuvlarda sovrinli o‘rinlarni zabt etib kelmoqdalar.

03

Xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari

Zamonaviy o‘quv binoga ega bo‘lgan akademik litseyda kimyo, biologiya, fizika laboratoriyalari, zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan va internet tizimiga ulangan ikkita informatika va axborot texnologiyalari xonalari, 15000 dan ziyod kitob fondi, 500 ga yaqin elektron darsliklar, internet tarmog‘iga ulangan hamda Irbis programmasi kiritilgan 14 ta kompyuterga ega bo‘lgan axborot resurs markazi, sport zal, trenajyor zallari, 200 o‘rinli barcha sharoitlarga ega bo‘lgan yotoqxona, 200 o‘rinli oshxona mavjud.

Akademik litseyda ta’lim bilan birgalikda samarali ma’naviy-axloqiy tarbiya ham yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy axloqiy negizlari asosida ishlar tashkil etilib barkamol avlodni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Umid qilish mumkinki, akademik litsey iste’dodlarni tarbiyalash bobida bundanda salmoqli ishlarni amalga oshirishga qodir.

Asosiy yangiliklar

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright © Samisi.Uz. All rights reserved.