18- noyabr davlat ramzlarimizdan biri bayrog'imiz qabul qilinganligining 18 yilligi kuni. Ushbu sana munosabat bilan butun respublikamiz bo'ylab bayram tadbirlari o'tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri viloyatimizni hokimiyat binosi oldidagi ulkan bayroq o'rnatilgan maydonda ham o'tkazildi. Bu tadbirda Samarqand shahridagi turli muassalardan jamoalar bayrog'mizga oid turli namoyish, ko'rgazma va bannerlar bilan qatnashdi. Ushbu jamoalar safida akademik litsey jamoasi ham direktorimiz boshchiligida litsey o'qituvchilari va o'quvchilaridan iborat tarkib bilan ishtirok etdi. Unda bayroq tasviri tushirilgan turli bannerlar, ko'rgazmalar va plakatlar namoyish qildilar. Bundan tashqari litseyning harbiy guruh 2-bosqich o'quchilari ishtirokidagi bayroq bilan amalga oshirilgan ko'rgazmali chiqishi ko'pchilikda katta tassurot qoldirdi.
Uqilgan 144
marta
Nashr qilingan
Yangiliklar