G'oliblarni kutib olish

Avtor Nashr qilingan Yangiliklar

Joriy yilning 17-yanvarida xalqaro Jautikov olimpiadasida muvaqqiyatli ishtirok etgan o'quvchilarimizni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda litseyimiz direktor o'rinbosarlari, o'quvchilarning do'stlari, ularning ota-onalari, ustozlari , SamISI o'quv ishlari bo'yicha rektor o'rinbosari Q.Mirzayev, Mir Said Baraka mahalla raisi va televideniya xodimlari tashrif buyurdi. Unda yig'ilganlar birma-bir so'zga chiqib o'quvchilarni muvaffaqiyat bilan chin ko'ngildan tabriklab, ularning ota-onasiga, ustozlariga va shunday sharoitlar yaratib bergani uchun litsey ma'muriyatiga ulkan minnatdorchilik bildirib o'tdilar. Va oxirda go'liblarga esdalik sovg'alari ulashildi.

Batafsilroq ...

Mavsumning ilk muvaffaqiyati

Avtor Nashr qilingan Yangiliklar

Joriy yilning 10-15 yanvar sanasi Qozog'istonning Olmaota shahrida an'anaviy xalqaro 15- Jautikov fan olimpiadasi o'tkazildi. Unda 18 ta davlatdan 52 jamoa matematika, fizika va informatika fanlaridan bilimlarini sinashdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqa litseyimiz o'quvchilari ham o'z jamoasi bilan matematika fani bo'yicha ishtirok etdi. Murabbiy Baratov Adiz boshliq o'quvchilar: Usmonov Farzod(305-guruh), Erkinov Akbar (304-guruh) va Qudratov Sultonxonlar(205-guruh) tashkil topgan litseyimiz jamoasi yakunda 2 bronzani qo'lga kiritib, oldingi yillardagi iqtidorli o'quvchilarimiz boshlagan zafarli odimlarni davom ettirdilar. Biz litseyimiz jamoasi nomidan ushbu zafar bilan ularni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Batafsilroq ...

2018-yil 17–noyabr kuni o’zbekiston respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 27  yilligiga bag’ishlab Jontayev Maqsud domla tomonidan o’quvchi yoshlar turar joyida istiqomat qiluvchi o’quvchilarning intellektual bilimini sinovdan o’tkazish uchun  tadbir o’tkazildi. tadbirda jami 5 nafar jamoa qatnashib  20 ta savolga javob berishga harakat qilishdi. O’yin yakunida uchinchi bosqich talabalari g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Batafsilroq ...

Siz tarixni bilasizmi?

Avtor Nashr qilingan Yangiliklar

03.12.2018 kuni akademik litsey ARM o’quv zalida guruhlar o’rtasida Tarix fanidan 6-sinf darsligi bo’yicha musobaqa uyushtirildi.Unda asosan ijtimoiy va xorijiy yo’nalish guruhlari 113,114,312,313 lar qatnashdi. Ular 30 ta ochiq test, 20 ta yopiq test ishlash orqali musobaqalashib yakunda 312-guruh g’olib bo’ldi va pul mukofoti sohibiga aylandi.

Batafsilroq ...

29.11.2018 kuni VanyashevaYe.S.tomonidan 112,209,311-guruhlar ortasidaNoneng aziz nematmavzusida noananaviy ochiq dars bolib otdi.Tadbirda Mir Said Baraka mahallasi 1-son,10-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdi va ularga sovga-salomlar ulashildi.

Batafsilroq ...

28.11.2018 kuni Muslimov Sh.tomonidan 114-guruhda “XVI-XVIII asrlardagi kashfiyotlar” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.Bunda 4 ta kichik guruhlarga bo’linib,guruhlar o’rtasida bilim musobaqasi bo’lib o’tdi.Unda 2-guruh g’olib bo’ldi.Dars o’zini o’zi boshqarish usulida olib borildi.

Batafsilroq ...

Huquqingni angla va bil

Avtor Nashr qilingan Yangiliklar

19.11.2018 kuni akademik litsey faollar zalida Samarqand shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqingni angla va bil” mavzusida aksiya doirasida o’quvchilar bilan birga tadbir uyushtirildi

Batafsilroq ...

Ana’naga ko’ra har  o’quv yilining  mart –aprel oylari tabiiy fanlar oyligi hisoblanadi.  Shu munosabat bilan 25- aprel  Samarqand Iqtisodiyot  va Servis Instituti  akademik litseyi faollar zalida “1-aprel butun jahon qushlarni muhofaza qilish kuni” ga bagíshlangan, litsey o’qituvchi va o’quvchilari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirga Samarqand Davlat Universiteti biologiya  fakulteti  ornetolog olimlaridan,  zoologiya kafedrasi mudiri, b.f.d.  R.A.Jabborov, “Flamingo” klubi rahbari, dots. E.L.Belyalova  va ornetolog , b.f.n  E.S. Fundukchiyev lar taklif qilindi.

Tadbirda ornetolog olimlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.  “Flamingo”klubi  faoliyati haqida klub rahbari  tomonidan qiziqarli ma’lumotalar berildi. Ayniqsa  R.A.Jabborovning qishloq xo’jaligiga  qushlarning foydali  jihatlari va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, jumladan O’rta Osiyoda tarqalgan Hindiston maynalarining zararkunanda hashoratlarni qirishi, bu maynalarni gapirishga o’rgatish mumkinligi, uzumchilikka zarar yetkazadigan arilarni istemol qiladigan arixo’r qushlar, chigirtkalarni qirib foyda keltiradigan hashoratxo’r qushlar va yana bir qator insonlar hamda tabiat uchun foydali ahamiyati katta bo’lgan qushlar haqida  bergan ma’lumotlari o’quvchilarda  qushlarga nisbatan katta qiziqish uygótdi. Bundan tashqari tadbirda  noyob va gároyib qushlar haqida  hujjatli film  va slaydlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida  qushlar  olamiga qiziqishi bo’lgan  guruh o’quvchilari  tomonidan tayyorlab kelingan  ko’rgazmalari baholandi, bunda  qushlar haqida eng ko’p qiziqarli ma’lumot bergan 214 guruh o’quvchilari I –o’rinni egallab “Flamingo” klubi a’zosi  ko’krak belgisi va faxriy yorliq bilan , 112-guruh esa faol ishtiroki uchun II- o’rinni egallab faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Batafsilroq ...

Har yili yurtimizda 2-mart kuni buyuk shoiramiz Zulfiya xonim tug’ilgan kunida  yurtimizning fan,ta’lim, sport va san’at sohasida ulkan yutuqlarga erishgan eng sara qizlariga  ushbu shoira nomi bilan ataluvchi Davlat mukofoti topshiriladi. Joriy yilda ham ushbu an’ana doirasida yurtimizning eng sara 28 nafar qizlari ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Quvonarlisi ushbu qizlar orasida litseyimizning 305-guruhi o’quvchisi,xalqaro olimpiada g’olibasi Samadboyeva Maftuna ham borligidir. 

O’quvchimiz mukofotni 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda shaxsan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev qo’llaridan qabul qilib oldi. 

9- mart kuni akademik litseyda mukofot sohibasini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. Unda akademik litsey direktori A.A.Matlyubov, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti prorektori   ,televideniya xodimlari qatnashib, g’olibga ulkan zafarlar, kelgusi ishlariga omad tiladilar.  Biz o’quvchimizning ushbu muvaffaqiyati bilan chin ko’ngildan tabriklab qolamiz!

Batafsilroq ...

“Yosh o’lkashunos” to’garagi a’zolari 2018 yil 23 fevral kuni soat 13:00 da to’garak rahbari Jantayev Maqsud va tarix fani o’qituvchisi Rabbimova Feruza, 110,111- guruhlardan   18 nafar o’quvchilar “O’lkashunoslik” muzeyiga amaliy sayoxat uyushtirdilar.

    Sayoxat davomida muzeyning kiraverish hovlisida joylashgan XVIII-XIX asrlarga tegishli top otish qurollari, traktor va tosh lavxlar bilan tanishishdan boshlashdi.Undan keyin muzey xodimasi yordamida asosiy eksponatlar joylashgan xona va zallarga kirib tarixiy xaritalar, rus generali Abramov saroyi,XIX asrga tegishli kitob bosish dasgohi,XVI asrga tegishli jangchilar kiyimi,sovuti,boltasi,va qalqoni,sopol ko’zalar,XVI-XIX asrlarga tegishli rasmlar,milliy kashtachilik namunalari,yogoch o’ymakorligi namunalari,O’rta Osiyo tabiatiga tegishli bo’lgan hayvonlarning mulyaji hamda boshqa ko’plab tarixiy eksponatlar bilan tanishib chiqdi.

    Bu sayoxat o’quvchilarning tarixga bolgan qiziqishlari va bilim ko’nikmalarini   yanada oshishiga  yo’l ochib,ularning xotirasida o’rta asrlarga tegishli ajoyib tushunchalar ko’nikmasi xosil bo’lganligini aytishdi.To’garak rahbari Jantayev Maqsud va tarix fani o’qituvchisi Rabbimova Feruza o’quvchilarga tushunmagan savollariga javob berdilar.

Batafsilroq ...

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

G'oliblarni kutib olish

G'oliblarni kuti…

Yanvar 17, 2019

Mavsumning ilk muvaffaqiyati

Mavsumning ilk m…

Yanvar 17, 2019

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.