Administrator

Administrator

«Til-millat ko`zgusi»

Nashr qilingan Yangiliklar

1989-yilning 21-oktabrida o`zbek millati tarixida yana bir ulkan ahamiyatga molik voqea yuz berdi: o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Juda boy va qadimiy tarixga ega bo`lgan o`zbek millati tilining shakllanishida o`zining buyuk xizmatlari bilan o`z hissalarini qo`shib kelgan buyuk bobokalonlarimiz Navoiy, Bobur, Mashrab, Behbudiy, Fitrat, Cho`lpon, Usmon Nosirning asarlari haqqoniy ravishda o`rganila boshlandi. Shuningdek, ushbu kun har yili bayram sifatida keng nishonlanib kelmoqda

Jumladan, mazkur yilning 20-oktabrida SamISI qoshidagi 1-son akademik litseyda “Til-millat ko`zgusi” deb nomlangan badiiy-sahnalashtirilgan kecha bo`lib o`tdi bayram tadbirini akademik litseyning ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari dotsent S.N.Nazarov ochib berdi. Tadbirda SamDU filologiya fakulteti o`qituvchisi, f.f.n G.Xoliqulovaning o`zbek tili tarixiga bag`ishlangan ma`ruzasi barchaga manzur bo`ldi.Olimaning nutqidan so`ng litsey ijodkor va adabiyotga qiziquvchi o`quvchilari tomonidan unga ko`plab savollar berildi.       So`ngra litsey o`quvchilarining bayramona chiqishlariga navbat berildi. Kecha dasturidan  “Ona tilim shoirlar nazmida”, “Donolar bisotidan”, “So`z ko`rki - maqol”, “Shoir-u she’r-u shuur”, “O`zga yurtda shoh bo`lguncha, o`z yurtingda gado bo`l” kabi ruknlar o`rin oldi. Bayram tadbirida akademik litseyning 103-,108-203-, 306-guruh o`quvchilari ayniqsa faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir litseydagi iste`dodli o`quvchilarning tanlab olinishi uchun ayni muddao bo`ldi, desak xato qilmagan bo`lamiz.

Bayram kechasi so`ngida litsey tillar kafedrasi mudirasi N.Saydaliyeva so`zga chiqdi va tadbirning juda katta ma`naviy-ma`rifiy ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab, kecha tashkilotchilari bo`lgan ona tili va adabiyot o`qituvchisi F.Bo`riyeva hamda unga yaqindan yordam bergan tillar kafedrasi o`qituvchilariga  tashakkur bildirdi.

Elektron resurslarimiz

Nashr qilingan ARM yangiliklari

ARM da birinchilar qatorida bajarilib kelayotgan ishlardan biri elektron resurslar bazasini tashkil etish va tizimlashtirish bo`lib, deyarli barcha umumta`lim fanlarining adabiyotlari PDF shaklidagi elektron variantlari tayyorlangan. Yangidan nashr etilgan va ARM fondiga kelib tushgan darsliklarni birinchi navbatda elektron katalogi va to`liq matnli elektron varintlari tashkil etiladi. ARM da mavjud adabiyotlarninig elektron shaklini to`plash va foydalanuvchilarga taqdim etish ustida bajarilayotgan ishlar ma`lum darajada ma`suliyatli va ko`p mehnat talab qiluvchi vazifalardan biridir. www.armat.uz sahifasida SamISI koshidagi akademik litsey bo`limida elektron katalog va elektron baza bilan batafsil tanishishingiz va undan foydalanishingiz mumkin.

SamDU o’qituvchi-prifessorlari bilan uchrashuv

Nashr qilingan Yangiliklar

Akademik litsey faollar zalida «Ilm – yoshlar marrasi» mavzusida SamDU o’qituvchi-prifessorlari bilan uchrashuv o’tkaziladi.

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

G'oliblarni kutib olish

G'oliblarni kuti…

Yanvar 17, 2019

Mavsumning ilk muvaffaqiyati

Mavsumning ilk m…

Yanvar 17, 2019

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.