
Administrator
19.11.2018 kuni akademik litsey faollar zalida Samarqand shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqingni angla va bil” mavzusida aksiya doirasida o’quvchilar bilan birga tadbir uyushtirildi
Ana’naga ko’ra har o’quv yilining mart –aprel oylari tabiiy fanlar oyligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan 25- aprel Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti akademik litseyi faollar zalida “1-aprel butun jahon qushlarni muhofaza qilish kuni” ga bagíshlangan, litsey o’qituvchi va o’quvchilari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirga Samarqand Davlat Universiteti biologiya fakulteti ornetolog olimlaridan, zoologiya kafedrasi mudiri, b.f.d. R.A.Jabborov, “Flamingo” klubi rahbari, dots. E.L.Belyalova va ornetolog , b.f.n E.S. Fundukchiyev lar taklif qilindi.
Tadbirda ornetolog olimlar tomonidan ma’ruzalar qilindi. “Flamingo”klubi faoliyati haqida klub rahbari tomonidan qiziqarli ma’lumotalar berildi. Ayniqsa R.A.Jabborovning qishloq xo’jaligiga qushlarning foydali jihatlari va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, jumladan O’rta Osiyoda tarqalgan Hindiston maynalarining zararkunanda hashoratlarni qirishi, bu maynalarni gapirishga o’rgatish mumkinligi, uzumchilikka zarar yetkazadigan arilarni istemol qiladigan arixo’r qushlar, chigirtkalarni qirib foyda keltiradigan hashoratxo’r qushlar va yana bir qator insonlar hamda tabiat uchun foydali ahamiyati katta bo’lgan qushlar haqida bergan ma’lumotlari o’quvchilarda qushlarga nisbatan katta qiziqish uygótdi. Bundan tashqari tadbirda noyob va gároyib qushlar haqida hujjatli film va slaydlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida qushlar olamiga qiziqishi bo’lgan guruh o’quvchilari tomonidan tayyorlab kelingan ko’rgazmalari baholandi, bunda qushlar haqida eng ko’p qiziqarli ma’lumot bergan 214 guruh o’quvchilari I –o’rinni egallab “Flamingo” klubi a’zosi ko’krak belgisi va faxriy yorliq bilan , 112-guruh esa faol ishtiroki uchun II- o’rinni egallab faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Har yili yurtimizda 2-mart kuni buyuk shoiramiz Zulfiya xonim tug’ilgan kunida yurtimizning fan,ta’lim, sport va san’at sohasida ulkan yutuqlarga erishgan eng sara qizlariga ushbu shoira nomi bilan ataluvchi Davlat mukofoti topshiriladi. Joriy yilda ham ushbu an’ana doirasida yurtimizning eng sara 28 nafar qizlari ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Quvonarlisi ushbu qizlar orasida litseyimizning 305-guruhi o’quvchisi,xalqaro olimpiada g’olibasi Samadboyeva Maftuna ham borligidir.
O’quvchimiz mukofotni 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda shaxsan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev qo’llaridan qabul qilib oldi.
9- mart kuni akademik litseyda mukofot sohibasini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. Unda akademik litsey direktori A.A.Matlyubov, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti prorektori ,televideniya xodimlari qatnashib, g’olibga ulkan zafarlar, kelgusi ishlariga omad tiladilar. Biz o’quvchimizning ushbu muvaffaqiyati bilan chin ko’ngildan tabriklab qolamiz!