Akademik litsey

UzbekRussianEnglish (UK)

Iste’dodli yoshlarimiz litseyimiz faxri!

Iste’dodli yoshlarimiz litseyimiz faxri!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi  boshlang’ich tashkiloti, o‘quvchilar orasida har sohada yetuk qobiliyat egalarini to‘plagan holda, “ISTE’DOD-2017” tanlovi 11 ta nominatsiya asosida o‘tqazildi. «She’ru -  Shuur» (Xudojestvennoe slovo)

«Sozandalik maxorati»(Instrumentalnoe iskusstvo)

«Oltin qalam»(Zolotoe pero)

«VOKAL»

«Milliy raqs»(Natsionalnыy Narodnыy Tanets)

«Zamonaviy raqs»(Sovremennыy tanets)

«Eng yaxshi suxandon»(Luchshiy Diktor)

«Erkin mavzu»(Kreativ)

«Dizayn»(Dizayn)

«Mo‘yqalam soxibi»(Luchshiy Xudojnik)

Tadbirni akademik litsey O‘IBDO‘ L.Rasulova ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad, ulkan zafarlar tiladi.

O‘quvchilarni chiqishlarini adolatli baholash maqsadida hakamlar hay’ati ham iste’dodli mehmon va xodimlardan shakllantirildi. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi huquqshunosi  O‘rinboeva Ziyoda Bahodir qizi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi xodimi Boymirzaeva Adliya, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti akademik litsey yoshlar etakchisi Sarsinbaeva Zulfiya, akademik litsey matematika fani o‘qtuvchisi Aslamov Doston. Haqiqiy iqtidor egalarining iste’dodini baholashga hakamlar ham qiynalishdi, bu esa bizning o‘quvchilarning  faqatgina tanlangan fanigagina emas, aksincha san’at sohasiga ham qay darajada qiziqishlarini ma’lum qildi.

«SHe’ru -  SHuur»da 307 guruh o‘quvchisi Qosimov Bobur, «Sozandalik maxorati»da Ziyodullayev G’anisher, «Oltin qalam»da 202-guruh o‘quvchisi Hamdamov Jonibek, «VOKAL» nominatsiyasida ikki nafar, ya’ni 107 Muzaffarov Mironshoh va 111 guruh  o‘quvchisi Musaeva Nigina g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.

«Milliy raqs» 107-guruh o‘quvchisi Xayritdinova Malika, «Zamonaviy raqs» 202-guruh o‘quvchisi Ergashev Ramziddin, «Erkin mavzu» 307 Ahmedov Shahzod, «Dizayn» yo‘nalishi O‘lmasova Mahtob, «Mo‘yqalam soxibi» Baxtiyor go‘oliblikni qo‘lga kiritishdi, «Eng yaxshi suxandon» yo‘nalishida O‘lmasova Mahtob g’olib bo‘ldi va diplom bilan taqdirlanishdi. Qolgan barcha ishtirokchilar va boshlang’ich tashkilotning faol yetakchilari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. Tadbirga Samarqand QXI akademik litseyi o‘quvchilari mehmon sifatida qatnashishdi va iliq taassurotlar bildirishdi. Ayniqsa, rassom bo‘lmay turib, o‘quvchilarning rang ajrata olishi,  mahorat ila chizilgan ishlar yuqori baholandi.

3.45 minut davom etgan tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tomoshabinlar haqiqatdan iste’dod egalarini ko‘rib havas qilishdi va yanada mukammal senariy asosidagi chiqishlarni kutib qolish istaklarini bildirishdi. Yoshlar ittifoqi haqiqatdan o‘quvchi yoshlarning orzu-istaklari kaliti ekanligi amaliy isbotni topdi.

Tadbir tashkilotchisi

Yoshlar yetakchisi     Sh.Zayniddinova 

Materialni baxolang
(1 Ovoz bermoq)

Эл. почта Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright © Samisi.Uz. All rights reserved.