Ana’naga ko’ra har  o’quv yilining  mart –aprel oylari tabiiy fanlar oyligi hisoblanadi.  Shu munosabat bilan 25- aprel  Samarqand Iqtisodiyot  va Servis Instituti  akademik litseyi faollar zalida “1-aprel butun jahon qushlarni muhofaza qilish kuni” ga bagíshlangan, litsey o’qituvchi va o’quvchilari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirga Samarqand Davlat Universiteti biologiya  fakulteti  ornetolog olimlaridan,  zoologiya kafedrasi mudiri, b.f.d.  R.A.Jabborov, “Flamingo” klubi rahbari, dots. E.L.Belyalova  va ornetolog , b.f.n  E.S. Fundukchiyev lar taklif qilindi.

Tadbirda ornetolog olimlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.  “Flamingo”klubi  faoliyati haqida klub rahbari  tomonidan qiziqarli ma’lumotalar berildi. Ayniqsa  R.A.Jabborovning qishloq xo’jaligiga  qushlarning foydali  jihatlari va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, jumladan O’rta Osiyoda tarqalgan Hindiston maynalarining zararkunanda hashoratlarni qirishi, bu maynalarni gapirishga o’rgatish mumkinligi, uzumchilikka zarar yetkazadigan arilarni istemol qiladigan arixo’r qushlar, chigirtkalarni qirib foyda keltiradigan hashoratxo’r qushlar va yana bir qator insonlar hamda tabiat uchun foydali ahamiyati katta bo’lgan qushlar haqida  bergan ma’lumotlari o’quvchilarda  qushlarga nisbatan katta qiziqish uygótdi. Bundan tashqari tadbirda  noyob va gároyib qushlar haqida  hujjatli film  va slaydlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida  qushlar  olamiga qiziqishi bo’lgan  guruh o’quvchilari  tomonidan tayyorlab kelingan  ko’rgazmalari baholandi, bunda  qushlar haqida eng ko’p qiziqarli ma’lumot bergan 214 guruh o’quvchilari I –o’rinni egallab “Flamingo” klubi a’zosi  ko’krak belgisi va faxriy yorliq bilan , 112-guruh esa faol ishtiroki uchun II- o’rinni egallab faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Batafsilroq ...

E'lon

Avtor Nashr qilingan Yangiliklar

Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti akademik litseyi akademik litsey yotoqxonasiga modulli qozonxona o'rnatish va litsey binosi tashqi tomonini(fasad qismi) ta'mirlash uchun qurilish tashkilotlarini tanlash bo'yicha tender e'lon qiladi.

Manzil: Samarqanda shahar, A.Temur,70. Ma'lumot uchun telefon:(0366) 233- 95-56

Batafsilroq ...

1.       Ot aravani tortib ketayapti. Nyutonning 3-qonuniga ko’ra arava ham otni shunday kuch bilan orqaga tortadi. Nima uchun ot-arava oldinga siljiydi? Nyutonning xatosi nimada?

2.       Nima uchun kosmik raketalar g’arbdan sharqqa tomon uchiriladi?

3.       Vaznsizlik sharoitida sham yonadimi?

4.       Vaznsizlik holatida jismning massasi qanday o’lchanadi?

5.       Ko’chada yomg’ir yog’yapti. Yuk mashinasi kuzovda turgan chelak qaysi holda tezroq to’ladi? Mashina to’xtab turgandami yoki harakatlangandami?

6.       Suv bilan to’ldirilgan stakanda muz parchasi suzib yuribdi. Muz erisa suv sathi qanday o’zgaradi?

7.       Shisha butilkalardan birida suv ikkinchisida simob bor. Suvli butilka suvga, simobli butilka simobga tushirilsa cho’kadimi?

8.       Issiq choyni tezroq sovitish uchun unga birdaniga qand tashlab 5 minut kutishi kerakmi yoki 5 minut kutib keyin qand tashlash kerak?

9.       Yozda nima uchun havo va suvning temperaturasi bir xil bo’lmaydi?

10.   Qanday qilib sovutish yo’li bilan qaynatish, qaynatish yo’li bilan sovutish mumkin?

11.   Qattiq yopishib qolgan idish qopqog’ini biror narsa bilan o’rab buralsa oson ochiladi. Nima uchun?

12.   Yomg’ir yoki do’l yog’ayotganligini tunuka tomdan eshitilayotgan tovushga qarab ajratish mumkin. Qanday qilib?

$113.   Issiq mamlakatlarda suv g’ovak idishlar (masalan xum, ko’za, kadi) da saqlanadi . Nima uchun?

$114.   Nima uchun eshikni taqillatganda devorni taqillatganga qaraganda kuchliroq tovush eshitiladi?

$115.   Eshik ochiq turibdi. Koridorda turgan odamlarni ovozini eshita olamizu o’zlarini ko’ra olmaymiz. Nima uchun?

$116.   O’q oldin qalin keyin yupqa taxtani teshib o’tsa uzoqroq keta oladimi? Yoki oldin yupqa keyin qalin taxtadan o’tsami?

$117.   Bir kilogramm temir og’irmi, yoki bir kilogramm paxtami?

$118.   Tik holatda pastga tushayotgan cho’pda chumoli turibdi. Cho’p qachon tezroq tushadi. Cho’pda pastdan yuqoriga tomon harakatlansami yoki cho’pda qimirlamasdan tursami?

$119.   Nima uchun okeanlarda suv sathi ikki marta ko’tarilib ikki marta pasayadi?

$120.   Tovushning “rangi” bormi?

$121.   Nima uchun ho’l gazetani yirtish osonroq?

$122.   Kema daryodan dengizga suzib o’tdi. Kemani tezligi o’zgaradimi? Kema quvvatini o’zgarmas deb hisoblang.

$123.   Daryoda cho’milish osonmi yoki dengizda?

$124.   Nima uchun sovuq mamlakatlarda yashaydigan hayvonlar qulog’i issiq o’lkalarda yashaydigan hayvonlarning qulog’iga qaraganda kalta?

$125.   Suv bilan to’ldirilgan stakan ichida po’lat sharcha muzlab qolgan holda suzib yuribdi. Muz erisa suv sathi qanday o’zgaradi?

$126.   Muzlatgich eshigini ochib qo’ysak xona temperaturasi qanday o’zgaradi?

$127.   Nam havo og’irmi yoki quruq havomi?

$128.   Nima uchun cho’milib chiqqandan so’ng sovqatamiz?

$129.   Qum suvdan og’ir, lekin shamol qumni yuqoriga ko’tarishi mumkinu lekin suvni ko’tara olmaydi. Sababini tushuntiring.

$130.   Katta balandlikda uchayotgan samolyotlarning orqasida oq iz qolishini tushuntiring.

$131.   Agar qorboboga issiq kiyimlar kiygizsak qorbobo eriydimi?

$132.   Nima uchun kuchuklar issiqda tilini chiqarib olishadi?

$133.   Nima uchun yoz kunlari kechqurun hovliga suv sepib supiriladi?

$134.   Nima uchun daryo yoki ko’l yoqasidagi gilos kech gullaydi?

$135.   “Grelka” uchun 1000C ga qizdirilgan g’isht yaxshimi yoki 1000C li suv?

$136.   Eriyotgan muz parchasi ustiga palto tashlab qo’ysak erish tezligi o’zgaradimi?

$137.   Nima uchun yonayotgan yog’, benzin kerosinni suv bilan o’chirib bo’lmaydi?

$138.   Kir yuvishda ko’pikning ahamiyatini tushuntiring.

$139.   Nima uchun baliqning suyaklari tovuqning suyaklaridan kichik?

$140.   Sovitish uchun jismni muzni ustiga qo’yish kerakmi yoki tagigami?

$141.   Yuk solingan telechkani tortib sudrash osonmi yoki itarib sudrash?

$142.   Yuk mashinasining biriga o’tin, ikkinchisiga xashak ortilgan. Qaysisi ag’darilib ketish ehtimoli katta. Nima uchun?

$143.   Nima uchun qorli qishlarda yerga ekilgan o’simliklarni sovuq urmaydi?

$144.   Qaynoq suv qattiq kuydiradimi yoki qaynoq bug’mi?

$145.   Qozonni qopqog’i ochiq bo’lsa, ovqat tez pishadimi yoki yopiq holdami?

$146.   Idishdagi qaynoq suvda makaron qaynayapti. Makaron ichidagi suv qaynayaptimi?

$147.   Nima uchun yozda yomg’ir, do’l yog’adi lekin qor yog’maydi?

$148.   Nima uchun yomg’irdan keyin salqin (sovuq) bo’ladi?

$149.   O’q otar qurollar qaysi tipdagi dvigatellarga kiradi?

$150.   Nima uchun tramvay bitta simda, trolleybus 2 ta simda yuradi?

$151.   Tok manbai, elektr zaryadlari manbai ham bo’la oladimi?

$152.   Kompas yordamida o’tkazgichda tok bor yoki yo’qligini aniqlasa bo’ladimi?

$153.   Nima uchun benzin tashiydigan mashinalar “zazemlit” qilinadi, sut tashiydigan mashinalar uchun bu shart emas?

$154.   Nima uchun yuqori kuchlanishli elektr o’tkazgichli simlar izolyatsiya qilinmaydi?

$155.   Trolleybus simlari tortishadimi, itarishadimi?

$156.   Nima uchun kompasning korpusi temirdan yaslmaydi?

$157.   Elektr o’lchov asboblarisiz zanjirdan o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok o’tayotganligini qanday aniqlash mumkin?

$158.   Akkumlyatorni zaryadlashda va razryadlashda qanday energiyalar almashinuvi ro’y beradi?

$159.    Viklyuchatel, rozetka, vilka klemmalarining qizib ketishini sababi nimada? U nimaga olib kelishi mumkin?

$160.    Nima uchun qor oppoq, daraxt barglari yashil?

$161.    Nima uchun bulutlar asosan oq bo’ladi, ko’k emas, osmon rangi kabi. Yomg’irli bulutlar qora bo’ladi. Nega?

$162.    Taqasimon magnitga “dollar”ni bir burchagidan ushlab yaqinlashtirsak magnitga tortiladi. Nimaga.

$163.    Ochiq havoda burun va oyoq orasidagi potensiallar farqi 200 V ga yetishi mumkin. Nima uchun tok urmaydi?

$164.    Yerni o’rab turgan havo qatlamining massasini toping. P=1,01∙105 Pa, R=6371 km.

$165.   Nima uchun mashina, traktor va boshqa transport vositalarining sovitish sistemalarida suv ishlatiladi?

$166.    Mixni yog’ochga qoqishda ko’p ish bajariladimi, yoki chiqarib olishda?

$167.    Yilning qaysi faslida yerning quyosh atrofidagi chiziqli tezligi eng katta bo’ladi? Nima uchun?

$168.    Tabiatda necha xil atom va molekula bor?

$169.    Jismning temperaturasi deganda nimani tushunasiz?

$170.    Xohlagancha past, xohlagancha yuqori temperatura bo’lishi mumkinmi?

$171.    Qizil va binafsha nurlarning tezligi vakuumda va suvda bir xilmi?

$172.    Modda va antimodda deganda nimani tushunasiz?

$173.    Suv tagida ikkita suvosti kemasi radioaloqa qilishi mumkinmi?

$174.   Quyidagi ranglarni kelib chiqishini tushuntiring - ko’k osmon, ko’k shisha, ko’k qog’oz?

$175.   Nima uchun kunduz kuni bino derazalari qorong’i ko’rinadi, ichkaridagi narsalarni ko’rib bo’lmaydi?

$176.   Nima uchun bahor va kuzda daraxtlar tanasi oqlanadi?

$177.   Nima uchun tongda va kechqurun shafaq qizaradi, kunduz kuni osmon havo rang?

$178.   O’tin elektromagnit to’lqin chiqaradimi?

$179.   Agar quyosh faqatgina qizil nur sochsa edi, bu dunyoda qanaqa ranglar bo’lar edi?

$180.   “Ko’rinmas odam” bo’lishi mumkinmi?

$181.   Nima uchun ekran har doim oq rangda bo’ladi?

$182.   Nima uchun sinf xonalarda yorug’lik chap tarafdan tushishi kerak?

$183.    Yozda quyoshli kunda gullarni ustidan suv sepib sug’orib bo’lmaydi. Nima uchun?

$184.    Uzoqdan turib to’kilgan qum uyumini nam yoki quruq ekanligini qanday aniqlaymiz?

$185.    Ko’k yorug’likda qizil galstuk qanday ko’rinadi?

$186.    Qopqora xonada o’tirgan odamlar ko’radigan qilib yozish mumkinmi?

$187.    Ikkita parallel ko’zgu (oyna) orasidagi jismning tasviri nechta?

$188.    Velosipedchi o’z soyasini quvib o’tishi mumkinmi?

$189.    Ikkita simyog’och orasiga tortilgan ip soyasining uzunligi simyog’ochlar orasidagi masofadan uzun bo’lishi mumkinmi?

$190.    Qo’lga ipni o’raganday yorug’lik nurini qo’lga o’rash mumkinmi?

$191.   Ventillyatorni tokka ulasak u aylanadi. Sababini tushuntiring.

$192.    Televizor ekraniga doimiy magnitni yaqinlashtirsak qanday hodisa ro’y beradi? Tushuntiring.

$193.   Kosmosda mayatnikli va prujinali (qo’l soatlar) soatlarning yurishi qanday o’zgaradi?

$194.   Mashinaga keskin tormoz bersak uning old tomoni cho’kadi, nima uchun?

$195.   Oq qog’ozga qizil rang bilan yozilgan. Qanday rangli shisha orqali yozuvni o’qib bo’lmaydi?

$196.   Vulqon otilganda gumburlash 100 km dan eshitiladi. Quyoshda bundan bir necha ming barobar kuchli portlashlarni eshitmaymiz. Nega?

$197.   Nima uchun binoning yuqori qavatlaridagi yopilgan derazalar, past qavatlardagi derazalarga qaraganda shovqinni kamroq o’tkazadi?

$198.   Yelpig’ich va ventilyator sovitadimi?

$199.   Nega olov o’z-o’zini o’chirib qo’ymaydi, olov yonganda yonmaydigan      CO2 va suv bug’lar hosil bo’ladiku?

100. Chiroqning shishasi nima vazifani bajaradi?

G’OLIBLARNI  MUKOFOT VA ESDALIK SOVG’ALARI KUTMOQDA

 

Javoblarni “Tabiiy fanlar” kafedrasiga (Jalilov Otabek Jaxbaroviсhga) topshirishingizni so’raymiz

MUDDAT: 2018 yil 20-aprel soat 1200 gacha

Batafsilroq ...

Har yili yurtimizda 2-mart kuni buyuk shoiramiz Zulfiya xonim tug’ilgan kunida  yurtimizning fan,ta’lim, sport va san’at sohasida ulkan yutuqlarga erishgan eng sara qizlariga  ushbu shoira nomi bilan ataluvchi Davlat mukofoti topshiriladi. Joriy yilda ham ushbu an’ana doirasida yurtimizning eng sara 28 nafar qizlari ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Quvonarlisi ushbu qizlar orasida litseyimizning 305-guruhi o’quvchisi,xalqaro olimpiada g’olibasi Samadboyeva Maftuna ham borligidir. 

O’quvchimiz mukofotni 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda shaxsan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev qo’llaridan qabul qilib oldi. 

9- mart kuni akademik litseyda mukofot sohibasini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. Unda akademik litsey direktori A.A.Matlyubov, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti prorektori   ,televideniya xodimlari qatnashib, g’olibga ulkan zafarlar, kelgusi ishlariga omad tiladilar.  Biz o’quvchimizning ushbu muvaffaqiyati bilan chin ko’ngildan tabriklab qolamiz!

Batafsilroq ...

“Yosh o’lkashunos” to’garagi a’zolari 2018 yil 23 fevral kuni soat 13:00 da to’garak rahbari Jantayev Maqsud va tarix fani o’qituvchisi Rabbimova Feruza, 110,111- guruhlardan   18 nafar o’quvchilar “O’lkashunoslik” muzeyiga amaliy sayoxat uyushtirdilar.

    Sayoxat davomida muzeyning kiraverish hovlisida joylashgan XVIII-XIX asrlarga tegishli top otish qurollari, traktor va tosh lavxlar bilan tanishishdan boshlashdi.Undan keyin muzey xodimasi yordamida asosiy eksponatlar joylashgan xona va zallarga kirib tarixiy xaritalar, rus generali Abramov saroyi,XIX asrga tegishli kitob bosish dasgohi,XVI asrga tegishli jangchilar kiyimi,sovuti,boltasi,va qalqoni,sopol ko’zalar,XVI-XIX asrlarga tegishli rasmlar,milliy kashtachilik namunalari,yogoch o’ymakorligi namunalari,O’rta Osiyo tabiatiga tegishli bo’lgan hayvonlarning mulyaji hamda boshqa ko’plab tarixiy eksponatlar bilan tanishib chiqdi.

    Bu sayoxat o’quvchilarning tarixga bolgan qiziqishlari va bilim ko’nikmalarini   yanada oshishiga  yo’l ochib,ularning xotirasida o’rta asrlarga tegishli ajoyib tushunchalar ko’nikmasi xosil bo’lganligini aytishdi.To’garak rahbari Jantayev Maqsud va tarix fani o’qituvchisi Rabbimova Feruza o’quvchilarga tushunmagan savollariga javob berdilar.

Batafsilroq ...

SamISI akademik litseyi faollar zalida 10.02.2018 kuni 3-kurs xorijiy yo’nalish va ijtimoiy yo’nalish guruhlari o’rtasida bilimlar bellashuvi bo’lib o’tdi.Bu bellashuvda 4 ta guruh qatnashdi.Bellashuvda guruhlarga 1-turda test,2-turda yopiq savollar, 3-turda “Prezident asarlari” fani bo’yicha savol-javob bo’ldi.Umumiy hisobda 313-guruh o’quvchilari g’alaba qozondi.

Batafsilroq ...

14.02.2018.sanada Sam ISI akademik litseyi faollar zalida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlab tadbir uyushtirildi.Bu tadbirni 213-guruh o'quvchilari o'qituvchi Rabbimova Feruza rahbarligida o'tkazdi.Bu tadbirda shuningdek ijtimoiy-gumanitar kafedrasining boshqa o'qituvchilari ham faol qatnashdi.Tadbirni akademik litsey manaviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Nazarov Sodiq Nazarovich boshlab berdi.Litseyning o'qituvchi va o'quvchilari faol qatnashdi.

Batafsilroq ...

SamISI akademik litseyi yotoqxonasida 09.02.2018 kuni Ijtimoiy-gumanitar kafedrasining fan oyligi doirasida Alisher Navoiyning tavallud kuniga bag’ishlab zakovat o’yini o’tkazildi.Bunda yotoqxona o’quvchilaridan 5 ta guruh saralab olindi.So’ngra o’rtaga umumiy hisobda 11 ta mantiqiy savollar tashlandi va har bir savolga javob topish uchun 1 daqiqadan vaqt berildi.Umumiy hisobda “Muxlislar” jamoasi g’olib bo’ldi.

Batafsilroq ...

SamISI akademik litseyida 22.02.2018 kuni yosh tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan Yoshlar forumi uyushtirildi.Bu keng qamrovli tadbirga akademik litseyning tadbirkor o’quvchilari faoli qatnashdi.Shuningdek,O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi,Savdo-sanoat palatasi,Davlat bojxona qo’mitasi,SamISI,SABR  va boshqa tashkilotlar faol qatnashdi.Forumda o’quvchilar o’zlari yaratgan mahsulotlari,innovatsion rejalari bilan faol qatnashdi.

Batafsilroq ...

Ochiq dars

Avtor Nashr qilingan Yangiliklar

Samarqand Davlat Iqtisodiyot va Servis Institutining Akademik litseyi ingliz tili o`qituvchisi Fayzulloeva Z.Z. 2017 yili 7 dekabr kuni “The influence of movies on young generation” mavzusida ochiq dars o`tkazdi. Dars 2 guruh o`rtasida musobaqa tarzida o`tkazildi. Ishtirokchilar o`z bilimlarini to’rt yo’nalishda, ya’ni eshitish, o’qish, yozish va gapirish yo’nalishlarida namoyish etdilar. O’qituvchi darsni yangi ped texnologiyalar asosida o’tdi. Dars davomida o’quvchilar ingliz filmlaridan parchalar tomosha qilib, ular asosida mashqlar bajarishdi. Yangi mavzuni tushuntirish davomida o’qituvchi o’quvchilarga kinemotografiyaning turli xil janrlarining  ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirib o’tdi. Ishtirokchilar mashqlarni faol bajarib, film haqidagi fikrlarini ingliz tilida bayon qilishdi.

Batafsilroq ...

Umumiy ma’lumot

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning poydevori dastlab litsey-internat shaklida qo‘yilgan bo‘lib, akademik litseyga aylanishgacha bo‘lgan o‘n yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Batafsil...

Yangiliklar

“Qushlar- qanotli do’stlarimiz”

“Qushlar- qanotl…

Aprel 26, 2018

E'lon

E'lon

Aprel 14, 2018

Aloqa

Manzil: Amir Temur 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Copyright 2018 © Samisi.Uz. All rights reserved.