
Administrator
Joriy yilning 17-yanvarida xalqaro Jautikov olimpiadasida muvaqqiyatli ishtirok etgan o'quvchilarimizni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda litseyimiz direktor o'rinbosarlari, o'quvchilarning do'stlari, ularning ota-onalari, ustozlari , SamISI o'quv ishlari bo'yicha rektor o'rinbosari Q.Mirzayev, Mir Said Baraka mahalla raisi va televideniya xodimlari tashrif buyurdi. Unda yig'ilganlar birma-bir so'zga chiqib o'quvchilarni muvaffaqiyat bilan chin ko'ngildan tabriklab, ularning ota-onasiga, ustozlariga va shunday sharoitlar yaratib bergani uchun litsey ma'muriyatiga ulkan minnatdorchilik bildirib o'tdilar. Va oxirda go'liblarga esdalik sovg'alari ulashildi.
Joriy yilning 10-15 yanvar sanasi Qozog'istonning Olmaota shahrida an'anaviy xalqaro 15- Jautikov fan olimpiadasi o'tkazildi. Unda 18 ta davlatdan 52 jamoa matematika, fizika va informatika fanlaridan bilimlarini sinashdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqa litseyimiz o'quvchilari ham o'z jamoasi bilan matematika fani bo'yicha ishtirok etdi. Murabbiy Baratov Adiz boshliq o'quvchilar: Usmonov Farzod(305-guruh), Erkinov Akbar (304-guruh) va Qudratov Sultonxonlar(205-guruh) tashkil topgan litseyimiz jamoasi yakunda 2 bronzani qo'lga kiritib, oldingi yillardagi iqtidorli o'quvchilarimiz boshlagan zafarli odimlarni davom ettirdilar. Biz litseyimiz jamoasi nomidan ushbu zafar bilan ularni chin qalbimizdan tabriklaymiz.
2018-yil 17–noyabr kuni o’zbekiston respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 27 yilligiga bag’ishlab Jontayev Maqsud domla tomonidan o’quvchi yoshlar turar joyida istiqomat qiluvchi o’quvchilarning intellektual bilimini sinovdan o’tkazish uchun tadbir o’tkazildi. tadbirda jami 5 nafar jamoa qatnashib 20 ta savolga javob berishga harakat qilishdi. O’yin yakunida uchinchi bosqich talabalari g’oliblikni qo’lga kiritdi.