A A A Ц Ц Ц Ц

ШРИФТ:

Arial Times New Roman

ИНТЕРВАЛ:

х1 х1.5 х2

ИЗОБРАЖЕНИЯ:

Черно-белые Цветные

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi

МЕНЮ

Fan olimpiadasida SamISI akademik litseyi qizlari faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi


16-17 may kunlari Fargʻona viloyati Quva tumanida fan olimpiadasining respublika bosqichi boʻlib o‘tdi.

Oʻzbek tili, qozoq tili, tojik tili, rus tili, qoraqalpoq tili, tarix va geografiya fanlaridan boʻlib oʻtgan fan olimpiadasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi oʻquvchilari Sevara Ergasheva birinchi, Sabina Dehqonova ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

— Qizlarimiz litseyda zukkoligi, tirishqoqligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi, — dedi SamISI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nasiba Ochilova. — Barcha fanlardan aʼlo oʻqishga harakat qilib, akademik litseyda tashkil etilgan maʼrifiy-madaniy tadbirlarda faol qatnashib keladi. Sevara va Sabina ingliz tilidan IELTS xalqaro sertifikatiga ham ega. Bilimga chanqoq bu qizlarimizning orzulari juda ko‘p. Ular kelgusida o‘z sohasining yetuk bilimdoni boʻlib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissasini qoʻshishni maqsad qilgan.

Respublika fan olimpiadasida birinchi o‘rinni egallagan Sevara Ergasheva 3 960 000 soʻm pul mukofoti, ikkinchi oʻringa munosib deb topilgan Sabina Dehqonova 2 640 000 so‘m pul mukofoti hamda sertifikat bilan taqdirlandi.

© 2024 - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi