“Adabiyot yashasa-millat yashar” deb nomlangan bellashuv

Akademik litsey o`quvchlarining adabiyotga qiziqishlarini kuchaytirish, adabiyot haqidagi bilimlarini mustahkamlash hamda ularning bo`sh vaqtlarini unumli o`tkazish maqsadida 2021-yilning 12-noyabr kuni akademik litseyning faollar zalida Tillar kafedrasi fan oyligi doirasida “Adabiyot yashasa-millat yashar” deb nomlangan  bellashuv kechasi o`tkazildi. Ko`rik-tanlov uchun akademik litseyning 1-bosqich o`quvchilari orasidan adabiyotga, san`atga qiziquvchi iqtidorli o`quvchilar saralab olindi: 102-guruh o`quvchisi Norjigitova  Sarvinoz; 103-guruh o`quvchilari Nurullayeva Nigina, Muftullayeva Sevinch; 108-guruh o`quvchisi Dehqonova Sabina, 109-guruh o`quvchilari Eliyeva Fotima, Eliyeva Zuhra, Ergasheva Sevara, Ahmatov Odil; 111-guruh o`quvchisi Oripov  Fazliddin.

Shuningdek, ushbu adabiyot kechasida bellashuv ishtirokchilarining sahnaviy chiqishlariga litseyning ko`pgina o`quvchilari  ko`maklashib, o`z iste`dodlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida san`at va adabiyotga qiziquvchi o`quvchilarni tanlab olishga  imkon bo`ldi.

Ushbu bellashuv kechasi Tillar kafedrasi mudirasi N.Saydaliyevaning kirish so`zi va barcha ishtirokchilarga omad tilashi bilan boshlandi. Shundan so`ng ko`rik-tanlov ishtirokchilari shartlarni bajarishga kirishdilar. Tanlovga yuqorida aytib o`tilganidek, litseyning birinchi bosqichida ta`lim olayotgan to`qqiz nafar adabiyot bilimdonlari ishtirok etdilar. Ularning har bir chiqishlari   ona tili va adabiyot o`qituvchilari Ochilova Z., Eshniyozova M., Tirkasheva M.lardan tarkib topgan hakamlar hay`ati tomonidan xolisona baholab borildi.  Shartlar orasida tanaffus qismlari belgilandi hamda litsey o`quvchilari tomonidan musiqiy chiqishlarga ham navbat berildi. Tanlovning birinchi “Tanishtiruv” qismi baholangunga qadar 103-guruh o`quvchisi Toshbekov Davron doira sozi orqali bir taronanani chalib berdi. Ikkinchi shart, ya`ni sahnaviy chiqishlardan so`ng, hakamlar ishtirokchilarni baholab bo`lgunga qadar 108-guruh o`quvchisi Bo`ltakova Xurshida dutor orqali bir chiroyli navoni maromiga yetkazib yig`ilganlarga havola etdi.  Ko`rik-tanlov ishtirokchilari barcha shartlarga juda puxta tayyorgarlik ko`rishgan. Ayniqsa, ular badiiy asarlardan ijro etgan parchalar  zalda  yig`ilgan barchani nihoyatda ta`sirlantirdi. Tadbirning bu qismida Cho`lponning “Kecha va kunduz”, O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Shuhratning “Mardlik afsonasi’ kabi asarlardan parchalar namoyish etildi. “Erkin mavzu” qismida  esa ishtirokchilar asosan musiqiy chiqishlar qilishdi. 108-guruh o`quvchisi Dehonova Sabina, 111-guruh o`quvchisi Oripov Fazliddin o`zlari yozgan she`rlarini o`qidilar. Bu esa barcha ustozlarga ma`qul bo`ldi.

buriyeva

Ko`rik-tanlovning so`nggi sharti savol-javob qismi bo`lib,  bunda hakam- Eshniyozova M. tomonidan har bir ishtirokchiga adabiyot bo`yicha  5tadan savol berildi. Bu shartning bajarilish jarayoni zalda o`tirganlarni ham  juda qiziqtirdi; ular ham ayrim savollarning javoblarini aytib yuborishdan o`zlarini tiya olmadilar. Xullas, ushbu shartning bajarilishi nihoyatda qizg`in o`tdi.

buriyeva1

buriyeva3

 

Tadbir so`ngida hakamlar hay`ati tomonidan barcha shartlar bo`yicha qo`yilgan baholar umumlashtirilganda, natija quyidagicha bo`ldi: 109-guruh o`quvchisi Ergasheva Sevara I orin, 109-guruh o`quvchisi Ahmatov Odil II o`rin, 108-guruh o`quvchisi Dehqonova Sabina III o`rinni eglladilar. Go`liblarga  Tillar kafedrasi a`zolari tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovg`alar topshirildi. Shuningdek, tadbir tashkilotchilari bo`lgan ona tili va adabiyot o`qituvchilari F.Bo`riyeva, A.Xushvaqov hamda A. Umarovalarga alohida minnatdorchilik bildirildi.

Rate this item
(0 votes)

Email This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Общие сведения

Фундаментом академического лицея №1 при Самаркандском институте экономики и сервиса был лицей-интернат, созданный  в 1995 году, по прошествии 10 лет он был реформирован в академический лицей. Подробнее...

About us

The foundation of the academic lyceum initially was constructed as a boarding-school in 1995 and it had been changed into the academic lyceum after 10 years of existence. More...

Новости

News

Contacts

Address: Amir Temur st. 70

Tel.: 233-19-70, 233-20-20

Fax: 233-18-26

E-Mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Контакты

Улица: Амира Темура, д 70

Тел.: 233-19-70, 233-20-20

Факс: 233-18-26

E-Mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Copyright 2021 © Samisi.Uz. All rights reserved.