A A A Ц Ц Ц Ц

ШРИФТ:

Arial Times New Roman

ИНТЕРВАЛ:

х1 х1.5 х2

ИЗОБРАЖЕНИЯ:

Черно-белые Цветные

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi

МЕНЮ

akademik litseyda faxriy ustoz Sodiq Nazarovichga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi.


1 03 2024
116

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyida faxriy ustoz Sodiq Nazarovichga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi. Tadbirda akademik litsey jamoasi hamda qarindoshlari qatnashdilar.

Tadbirni akademik litsey direktori v.b. А.S.Barotov kirish soʼzi bilan ochib berdi. А.S.Barotov oʼz nutqida Sodiq Nazarovich faoliyatiga alohida toʼxtalib oʼtdi. U kishiga camimiy tilaklar tilab qoldilar.

Sodiq Nazarovich 55 yillik ham pedagogik, ham rahbarlik faoliyatini elimiz farzandlariga taʼlim va tarbiya, ilmu maʼrifat ulashishdek ezgu savobli ishga baxshida etdi.

Dastlab 1969 yili Samarqand davlat universitetining tarix fakulьtetini tamomlab, 14 yil mobaynida Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida oʼqituvchi, 1983-1998 yillar mobaynida esa katta oʼqituvchi, dotsent sifatida Samarqand kooperativ institutida, 1998 yildan boshlab esa institut qoshidagi litsey-internatda tarix fani oʼqituvchisi boʼlib faoliyat olib bordi. Orada 1999-2001 yillar mobaynida oʼrindoshlik asosida Samarqand qishloq xoʼjalik institutida kafedra mudiri lavozimida, akademik litseyda esa 2002 yildan ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, 2008 yildan boshlab bugungi kunga qadar yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari lavozimida olib borgan. Faoliyatini Vatanimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni ham maʼnaviy, ham ruhan qoʼllab-quvvatlashga, iqtidorli litsey oʼquvchilarining unib-oʼsishi yoʼlida rahnamolik qilishga va yuzlab isteʼdodlarni bugungi kunda yurtimizning turli jabhalarida faol va halol mehnat qilishga bagʼishladi.

Maʼrifat va maʼnaviyat soyaboni, benazir ustoz S.Nazarov ilmiy ijodiy ish bilan ham shugʼullanib keldilar. U kishining 50 dan ortiq uslubiy qoʼllanmalari, ilmiy va ommabop maqolalari yoshlar uchun dasturulamal boʼlib kelmoqda.

Shundan soʼng akademik litsey jamoasi Sodiq Nazarovichga, avvalo, cheksiz quvonch, xotirjamlik, har doim hozirgidek gʼayrat, shijoat, mustahkam sogʼlik-salomatlik tilab qoldilar.

Tadbir oʼquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan kuy va qoʼshiqlarga ulanib ketdi.

  

© 2024 - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi