A A A Ц Ц Ц Ц

ШРИФТ:

Arial Times New Roman

ИНТЕРВАЛ:

х1 х1.5 х2

ИЗОБРАЖЕНИЯ:

Черно-белые Цветные

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi

МЕНЮ

“Barkamollik sari hayot yo’limizni yoritguvchi, odamiylik sifatlarini tarbiyalash bog’boni – Ustoz-muallim” deb nomlangan bayram tadbiri o’tkazildi.


29 09 2023
59

Bugun akademik litseyda ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan “Barkamollik sari hayot yo’limizni yoritguvchi, odamiylik sifatlarini tarbiyalash bog’boni – Ustoz-muallim” deb nomlangan bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori v.v.b. A.S.Barotov kirish so’zi bilan ochib berdi. U kishi o’z nutqida Yangi O’zbekistonda o’qituvchi-murabbiylarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o’tdi. Shundan so’ng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan akademik litseyda fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, akademik litsey rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan ustozimiz Vanyasheva Yelena Stepanovnani “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan yana bir bor tabrikladi.

Hozirda akademik litseyda faoliyat olib borayotgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning kelgusidagi ishlarida zafarlar tiladi.

Tadbir akademik litsey o’quvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan kuy va qo’shiqlarga ulanib ketdi.

© 2024 - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi