A A A Ц Ц Ц Ц

ШРИФТ:

Arial Times New Roman

ИНТЕРВАЛ:

х1 х1.5 х2

ИЗОБРАЖЕНИЯ:

Черно-белые Цветные

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi

МЕНЮ

“USTOZLAR SABOG‘I VA IBRATI–YOSHLAR PARVOZIGA QANOT” mavzusida uch avlod uchrashuvi o’tkazildi.


18 12 2023
44

Joriy yilning 16 dekabr kuni SamISI akademik litseyini 2006-yilda bitirgan o‘quvchilar bilan “USTOZLAR SABOG‘I VA IBRATI–YOSHLAR PARVOZIGA QANOT” mavzusida uch avlod uchrashuvi o’tkazildi.

Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori v.v.b.: A.S.Barotov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Akademik litsey ravnaqi va yoshlar ta’lim – tarbiyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib ezgu nom qoldirib ketgan ustozlarni xotirasiga bag’ishlab qur’on tilovat qilindi.

Akademik litseyni 2006-yilda bitirib, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), podpolkovnik, tashabbuskor tashkilotchi M.I.Maxsadov hamda guruhdoshlari so’zga chiqishib yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishlarida omadlar tilashdi hamda ustozlarga sovg’alar ulashishdi.

Akademik litseyni 2006-yilda bitirgan o‘quvchilarga saboq bergan, ibrat namunalarini ko‘rsatgan ustozlar ham so’zga chiqishib o’tgan davrlarni xotirlashdilar.

Shundan so’ng tadbir o’quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy va raqslarga ulanib ketdi.

© 2024 - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi