SamISI akademik litseyi saytiga xush kelibsiz!
Sayt akademik litsey haqida bilishga qiziqqan har qanday inson uchun moʻljallangan.Yangiliklar
«ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARI UCHUN YARATILGAN DASTURNING RASMIY RO’YXATDAN O’TKAZILGANLIGI TO’G’RISIDAGI GUVOHNOMASIGA ega bo’ldi.
Akademik litsey «Informatika va tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri Xushvaktov Alimardon Abduraimovich O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining «ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARI UCHUN YARATILGAN DASTURNING RASMIY RO’YXATDAN O’TKAZILGANLIGI TO’G’RISIDAGI GUVOHNOMASIGA ega bo’ldi.
Подробнее
Eron Islom Respublikasining vakilasi bo’lmish Arezoo Eslambolchi Moghadam xonim ishtirokida 110-guruhda noan’anoviy ochiq dars o’tkazildi.
Hammamizga ma’lumki davlatimiz rahbari tomonidan turizmni rijovlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Bugun Eron Islom Respublikasining vakilasi bo’lmish Arezoo Eslambolchi Moghadam xonim ishtirokida 110-guruhda noan’anoviy ochiq dars o’tkazildi. Ochiq darsda Eron madaniyati, urf-odatlari hamda ikki davlat o’rtasidagi turizmni rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Подробнее
Akademik litseyda tahsil olayotgan o’quvchi-qizlar o’rtasida davra suhbati o’tkazildi.
Joriy yilning 26 aprel sanasida akademik litseyda tahsil olayotgan o’quvchi-qizlar o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda akademik xotin-qizlar qo’mitasi raisi S.Qodirova, psixolog R.Xudoynazarova, yoshlar yetakchisi M.Maxamova, akademik litsey hamshirasi M.Axtamova hamda o’quvchi-qizlar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda odob axloq, kiyinish madaniyati, gigiena qoidalariga rioya qilish va akademik litseyning odob-axloq kodeksi haqida gapirildi.
Подробнее
“BARKAMOL AVLOD” sport musobaqalari
Xabaringiz bor 01-04.04.2024 kunlari “BARKAMOL AVLOD” sport musobaqalari o’tkazilmoqda. Unda kurash bo’yicha Samarqand viloyati jamoasi nomidan qatnashgan 201-guruh o’quvchisi Dilshod Umarov 66 kg vazn toifasida gilamga chiqib yakunda faxrli I O’RINNI qo’lga kiritdi. G’alaba muborak bo’lsin!
Подробнее